Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili oçlik e’lon qildi.

"Hokimiyatning menga va xalqimga nisbatan munosabatiga norozilik sifatida bugundan boşlab muddatsiz oçlik e’lon qilaman. Soğligim ikkinçi darajali, asosiysi – xalqim taqdiri", - dedi Saakaşvili sudda.

Saakaşvili Gruziyaga 2021 yil 29 sentyabrda kelgandi. U 1 oktyabr kuni qölga olingan va Rustavi şahridagi qamoqxonaga jönatilgan.

Saakaşvili qamoqqa olinganidan söng oçlik e’lon qilgan, 8 noyabrda Tbilisidagi qamoqxona şifoxonasiga yotqizilgandi. U 20 noyabr kuni Gori şahridagi harbiy hospitalga köçirilganidan söng oçlikni töxtatgandi.

Siyosatçi bir neçta jinoyat işlarida ayblanmoqda. Saakaşvili hibsga olinişini noqonuniy, ayblovlarni esa soxtalaştirilgan deb hisoblaydi.