Guvohlarning ta’kidlaşiça, 13 fevral kuni issiqxonada işlaş uçun çiqqan qöşnilar tunga borib, kabobxörlik qilişni maqsad qilişadi. Fermer xöjaligi binosi oldida kaboblarni tayyorlab, sovuq qotişgaç, bino içiga isiniş maqsadida kirişadi. Qölbola usulda sandal tayyorlaşadi va kömir çöğidan foydalanişadi.

14 fevral kuni turmuş örtoği kelavermaganidan xavotir olgan Xadiçaxon aya fermer xöjaligi binosiga yetib boradi. Bino içida esa turmuş örtoği Muhammadrayim Hakimov va ikki nafar qöşnilarining jasadini köradi.

“Heç qaçon keçasi boşqa joyda qolmasdi. Tuni bilan kelavermagaç, tongda oldiga çiqdim. Borib çaqirdim. Heç kim javob bermadi. Eşikni taqillatsam ham jimjitlik. Keyin eşikni oçib qarasam, turmuş örtoğim va ikki nafar qöşnimizning jasadi yotardi. Uyimizda ham kömir işlatmaganmiz umuman”, - deydi Xadiçaxon aya biz bilan suhbatda.

Xadiçaxon ayaning baqirib yiğlaganini eşitgan öşa atrofdagi fuqarolar voqea joyiga kelişadi. Birozdan söng esa favqulodda vaziyatlar bölimi va boşqa mutasaddilar yetib keladi.

“Ayol kişining yiğlagan ovozini eşitib tuşdik. Qarasak, şu yerda işlab yuradigan uç nafar fuqaroning jasadini kördik”, - deydi guvohlardan biri.

Favqulodda vaziyatlar bölimi mutaxassisining ta’kidlaşiça, hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

FVB Asaka tuman bölimi inspektori Dadamurod Mamanazarov holat yuzasidan izoh berdi. Uning ta’kidlaşiça, “14 fevral kuni taxminan soat 10:30 da Asaka tumani favqulodda vaziyatlar bölimi navbatçilik qismiga is gazi bilan zaharlaniş holati böyiça xabar kelib tuşdi. Tezkor guruh bilan borganimizda “Çek” MFYda joylaşgan “Asaka zotli çorva” fermer xöjaligi binosida 3 kişining jasadini topdik. Marhumlarning vafot etganligi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan”.

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Tasvirçi va montaj ustasi: Azizbek Ismoilov