Dars qilmagan öquvçilarni izza qilgan öqituvçi işdan olindi. Bu adolatdanmi?
|16:09 / 22.02.202254 2749 min
Namanganlik öqituvçi dars tayyorlamay kelgan 6 nafar öquvçini boşqa sinfdoşlari oldida “uyat, uyat” deb izza qilişi va buning uçun öqituvçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinişi muhokamalarga sabab böldi. Öqituvçi dars qilmagan öquvçilar bilan qanday işlaşi kerak? U qöllagan usul işdan böşatişga asos böla oladimi?
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Nima böldi özi?
Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi 13-maktab öqituvçisi Şahnoza Madrahimova öqiş darsi paytida 6 nafar öquvçi uy vazifasini tayyorlamagani va daftarlari qolib ketgani sababli ularni jazolaşning öziga xos usulini qölladi.
Öqituvçi 6 nafar bolani doska oldiga turğizib qöyib, qolgan öquvçilarga jör bölib “uyat” deb ayttirgan. Jarayonni esa özi telefonida videoga olib, ikki nafar öquvçining ota-onasiga Telegram orqali yuborgan.
Şundan keyin video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va holat Namangan viloyati xalq ta’limi boşqarmasi tomonidan işçi guruh tuzib örganilgan. Natijada sinf rahbari Şahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.
Ijtimoiy tarmoqdagi bahslar
Öqituvçi bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi aksar ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarida e’tirozlar paydo qildi va muhokamalarga sabab böldi. Ba’zilarga köra, dars qilmay kelgan bolaga bu körinişda tanbeh beriş – öqituvçi qöllasa böladigan usul. Sababi öqituvçi bolalarni urmagan, sökmagan, faqat öz sinfdoşlari orasida izza qilgan.
Ikkinçi qutbda esa, hali kiçik yoşdagi bolalarga bunday jazo çorasi qöllaş mumkin emasligi, bu ularga yomon ta’sir qilişi haqida fikrlar bildirilgan.
“Öqituvçi yaxşi dars ötadi” — ota-onalar e’tirofi
“Yangi davr” informatsion dasturi muxbiri Uçqörğondagi maktabga borib, işdan böşatilgan öqituvçi va ularning ota-onalaridan intervyu olgan.
“Sinfdagi öquvçilarning ota-onalari bilan alohida guruh oçgandik. Unda bolalarning kamçiligi, dars qilmagan, uy vazifalarini bajarmagan holatlarni muhokama qilib turardik. Mana şu [ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan] videoni haqiqatan özim olganman va ota-onalarning “liçka”siga yuborganman. Bu orqali bolalar keyingi safar özlariga xulosa çiqarib olsin deb maqsad qilgandim, lekin yomon niyatda qilinmagan. Qilgan işimdan puşaymonman”,
Mavzuga oid
– deydi Şahnoza Madrahimova.
Sinfdagi bir neçta öquvçilarning ota-onalari öqituvçining işda qolişi tarafdori ekanini bildirib, uning yaxşi öqituvçi ekanini, karantin paytida öquvçilarning özlaştirişi pasaymasligi uçun uyma-uy yurib, ta’lim olişlariga yordam berganini e’tirof etgan.
Kun.uz mazkur keysning pedagogik va huquqiy jihatlariga e’tibor qaratdi.
Sinf rahbari Şahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi qaysi asosga köra bekor qilindi?
Namangan viloyati xalq ta’limi boşqarmasining munosabatida maktab direktori va örinbosarlari Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga köra, hayfsan va ogohlantiriş olgani ma’lum qilindi. Biroq öqituvçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasining bekor qilinişiga qanday huquqiy asos bor?
Öquvçilar uçun qöllaniladigan jazo çoralari belgilab qöyilmagan-ku?
Öqituvçilar dars tayyorlab kelmagan öquvçilari bilan işlaşda qanday usul va metodlardan foydalanişi mumkin va qaysilari mumkin emas? Boşqarma “bunday holatlarni qöllaş umume’tirof etilgan mezonlarga mutlaqo zid” deb baholadi. Lekin ular aynan qaysi mezonlar? Ertaga Özbekistondagi istalgan öqituvçi namanganlik ustozning ahvoliga tuşib qolmasligi uçun nimalarni bilişi kerak?
Öqituvçi boşqa işga joylaştiriladi
Savollarga aniqlik kiritiş maqsadida Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati bilan boğlandik. Matbuot kotibi Laylo Rustamovaning ma’lum qilişiça, pedagog Şahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan, biroq viloyat boşqarmasi uni boşqa işga joylaştirişni rejalaştiryapti.
Bolaga ruhiy bosim va jismoniy kuç işlatiş mumkin emas
Vazirlik ma’lumotiga köra, öqituvçi bilan mehnat şartnomasi umumiy örta ta’lim muassasasining içki tartib va odob-axloq qoidalari buzilgani vaji bilan bekor qilingan.
Mazkur qoidalarda maktab öquvçilarini rağbatlantiriş va çora köriş tartibi belgilangan.
Unga köra, öqituvçi öquvçining qoğoz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozişi, qoida buziliş takroran kuzatilsa, öquvçini maktab içki nazorat röyxatiga olişi mumkin. Şu bilan birga, bu kabi öquvçilar bilan yakka tartibda şuğullanib, sinf jamoasi orasida muhokama qiliş ham belgilab berilgan.
Qoidalarda yozilişiça, bolaga nisbatan ruhiy bosim va jismoniy kuç işlatiş mumkin emas.
Matbuot kotibining aniqlik kiritişiça, bu qoidalarga zid ravişda bolaga nisbatan ruhiy bosim va jismoniy kuç işlatiş öqituvçi bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişiga ham sabab bölişi mumkin.
Bolaning izza qilinişini ruhiy bosim deb baholaş mumkinmi?
Rozaliya Gabdulhaqova, psixolog:
— Bu holatni öquvçilarga nisbatan bosim sifatida qabul qiliş mumkin. Sababi kiçik sinflarda bolaning öziga bölgan işonçi endi şakllanayotgan böladi. Bolaning taşqi tarafdan bu kabi holatga tuşişi uning özi haqidagi fikri yomonlaşişiga va darsga munosabati özgarişiga olib kelişi mumkin.
Bundan taşqari, bolaning sinfdoşlari örtasida uyaltirilişi öquvçilarning özaro munosabatlariga ham ta’sir qiladi. Sababi bolalar örtasida özaro raqobat böladi. Bir safar uyaltirilgan bolalar keyingi safar boşqa örtoği dars qilib kelmaganda “Uni ham uyaltiring” deb boşqa bolalarning kamçiliklarini topib, öqituvçisiga aytişga harakat qiladi. Şu tarzda bolalar örtasida munosabatlar buzilişi mumkin.
“Bolani jazolaş qörquvga sabab böladi, qörquv bilan esa bir neça marta dars qiliş mumkin xolos”
Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori Bekzod Xöjayevning qayd etişiça, umuman olganda, bugungi pedagogikada jazolaş degan metod yöq. Zamonaviy pedagogika jazolaş metodini qöllaşni tavsiya qilmaydi.
“Öqituvçi öquvçiga heç qanday jazo qöllaşi mumkin emas, aksinça, unda öqişga bölgan qiziqiş va motivatsiyani hosil qilişi kerak va uni ham içki, ham taşqi rağbatlantirib borişi zarur. Şuning bilan öquvçining xulq-atvori yaxşilanadi va fanga bölgan qiziqişi ortadi.
Öqituvçi har bir öquvçiga individual yondaşişi kerak, sababi bolalarning fiziologik va psixologik xususiyatlari, xarakteri, temperamenti, qiziqişlarining yönalganligi turliça. Agar öquvçi yaxşi öqimasa, demak, unda şu fanni örganişga nisbatan qiziqiş bölmasligi mumkin. Bunday holatda u öquvçini darsdan keyin olib qolib yoki darsda qöşimça şuğullanib, qiziqişlarini hisobga olib, sekinlik bilan belgilangan talablarga javob beradigan darajaga olib çiqişi mumkin.
Agar öqituvçi bolani jazolasa, buning bilan unda qörquv şakllanişi va bu qörquv natijasida bir neça martagina uyga vazifani bajarib kelişi mumkin, lekin öquvçida barqaror qiziqiş hosil qilinsa, uning özlaştirişi odatga aylanadi”, – deydi pedagogika fanlari doktori Bekzod Xöjayev.
Öqituvçilar va psixologik zöriqişlar
Bekzod Xöjayevning qöşimça qilişiça, öqituvçi öquvçining şaxsiga tegişi va jismoniy jazolaşi mumkin emas. Qolaversa, öqituvçi bolalar videotasvirini ota-onalarga yuborişi ham töğri emas.
“Lekin yana bir tarafi borki, ota-onalar öqituvçini yaxşi dars ötadi, deb ta’riflaşgan. Balki u haqiqatan yaxşi dars ötişi mumkin. Bugungi innovatsion ta’lim muhitida xohlaymizmi-yöqmi, öqituvçilar ham psixologik zöriqişlarga uçraydi. Buni pedagogik risklar deb ataymiz. Har doim obektiv va sub’yektiv risklar öqituvçiga ta’sir qiladi. Balki öqituvçiga jazo çorasi qöllayotganda şu taraflarini ham inobatga olişi kerak edi”, – deydi Bekzod Xöjayev.
Darhaqiqat, öqituvçilar oxirgi 2 yilda avval karantin sababli onlayn tarzda dars ötişga moslaşişdi, hozir esa umumta’lim maktablarida hujjatlar elektronlaşişi şaroitiga moslaşişyapti. Bosqiçma-bosqiç turli yangiliklarga moslaşayotgan öqituvçilarga ham köproq ruhiy va kasbiy qöllab-quvvatlov kerakdir, balki.
Namangandagi öqituvçi bilan sodir bölgan holat misolida ustozlarga nisbatan beşafqat emas, köproq adolatli böladigan tizim yaratiş haqida köproq öylana boşlansa ham ajab emas.