Viloyat xalq ta’limi boşqarmasining ma’lum qilişiça, mazkur holat Uçqörğon tumanidagi 13-umumiy örta ta’lim maktabining 1-“v” sinfida yuz bergan.
Uşbu sinf rahbari Şahnoza Madrahimova öqiş darsi paytida sinfdagi 6 nafar öquvçi uy vazifasini tayyorlamagani va daftarlari qolib ketgani sababli bunday holat qaytarilmasligi va boşqa öquvçilarga saboq bölişi uçun doska oldiga çiqarib, qolgan öquvçilarga “uyat” deb gapirtirib, izza qildirgan. Bu jarayonlarni özi uyali telefoniga tasvirga olib, ikki nafar öquvçi ota-onasining telegramiga yuborgan.
Qayd etilişiça, Şahnoza Madrahimova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga köra, öz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani uçun ta’lim muassasasi direktori Oybek Möydinov, ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Yaşin Abduğofurovlarga hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllangan, öquv işlari böyiça direktor örinbosari Mahbuba Imomova jiddiy ogohlantirilgan.
“Viloyat Xalq ta’limi boşqarmasi ta’lim-tarbiya borasida bunday holatlarni qöllaş umume’tirof etilgan mezonlarga mutlaqo zid deb baholaydi hamda kelgusida bunday holatlarga yöl qöyilmasligi çora-tadbirlarini körib boradi”, – deyiladi munosabatda.
Avvalroq, Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.
Uning ortidan tuman hokimi örinbosari, tuman XTB mudirasi va maktab direktori işdan olingan, tuman hokimiga esa hayfsan intizomiy jazosi qöllangan edi.

















