Jarayonni içkaridan körsatib beriş maqsadida Jizzax viloyati Baxmal tumanida joylaşgan naq 200 gektarlik za’faron plantatsiyalariga yöl oldik. Za’faron biznesi mavsumiy hisoblanib, hosilni yiğib oliş işlari oktyabr-noyabr oylarida yakunlangan, plantatsiyalarda esa piyozlarning rivojlaniş davri ketyapti.


Özbekiston–Italiya qöşma korxonasidagi laboratoriyada terib olingan ösimlik gullarining tolalari qadoqlanadi. 90-100 ming dona za’faron gulidan 1 kg qurigan gul tumşuqçalari olinadi. Plantatsiyaning özida 100 dan ortiq işçilar yerni öt-maysalardan xoli qiliş bilan band. Butun dunyoda kimyoviy dorilardan qoçiş tendensiyasi rivojlanib borişi natijasida za’faronga bölgan talab ortib boryapti.




Kompaniya ta’sisçilaridan biri Bekzod Mamatqulov biznesga kelişi, BMB Trade Group'ning yaraliş tarixi haqida hikoya qilib berdi.
“Otam oşpaz, onam öqituvçi bölgan. Ota-bobolarimning hammasi ziyoli insonlar. Töğrisini aytaman, biznesmen böliş istagim yöq edi, bolaligimda yurist, prokuror bölaman derdim. Şu sohada ta’lim oldim va bir muddat ombudsman tizimida, davlat idoralarida işladim. Lekin vaqt ötib, bu tizimdan ketişga töğri keldi. Işdan ketişimning sababini ayta olmayman, bu yuragimda qolgan dard. Mana şu dard BMB'ni şu darajaga olib çiqişimga sabab bölgan.

Biznesga kirişimiz tarixi 2015 yili boşlangan. Birinçi, çoy biznesi bilan şuğullandik. U davrlarda monopoliya urçib ketgandi. Monopoliyani sindiriş kerak edi. Lekin buning imkoni bölmagan. Şuning uçun ham işimiz öxşamadi. 2016 yildan boşlab Arnasoy tumanida 500 gektar yer oldik va moş ekiş biznesini boşladik. 3ta ta’sisçilar, Bekzod, Mirzamurod va Botir (BMB) uşbu loyihaga 4,5 mlrd söm sarflab qöygandik, lekin sohani yaxşi bilmasligimiz sabab bankrot böldik.


















