Tarkibidagi efir moylari va foydali minerallar sabab dunyo bozorida yuqori narxlanadigan bu ösimlikka talab yildan yilga ortib bormoqda.
Za’faron guli ustunçalaridan olingan mahsulot pazandalik va farmatsevtikada işlatiladi. Gul barglaridan esa çoy tayyorlaşda foydalaniş mumkin.



Dunyoda za’faronning deyarli 90 foizi Eronda, 10 foizi esa Italiya, Fransiya, Ispaniya, Hindiston, Ozarboyjon va Afğonistonda yetiştiriladi.
Ammo sönggi yillarda Eronga nisbatan qöllanilayotgan sanksiyalar sabab bu davlatda yetiştirilayotgan mahsulot Ğarb bozoriga çiqiş imkoniyatini yöqotgan.
Eron za’faroni Yevropa bozorlariga hozir faqat vositaçilar brendi orqali yetib bormoqda.


Özbekiston uçun za’faron yetiştirişda dunyo yetakçisiga aylaniş imkoniyati bormi?
3 yildan buyon za’faron yetiştirayotgan va bu borada körsatkiçlarini oşira borayotgan “BMB TRADE GROUP” kompaniyasi kuzatuv kengaşi raisi Bekzod Mamatqulovga köra, bu Özbekistonning 2025 yilgaça belgilab olgan rejasi hisoblanadi.

“Yaqin beş yillikda (2020 yildan 2025 yilgaça) kompaniyamiz za’faron ekiş rejasini 2 ming gektarga yetkaziş topşiriğini olgan. Agar şu rejaga yetolsak, natijada dunyo bozori uçun 20 tonnadan ortiqroq za’faron yetiştiramiz va öz-özidan yetakçiga aylanamiz. Öz örnida bu mahsulotning qiymati 175-180 million yevroga yetadi”, – deydi Mamatqulov.

2021 yil tahliliga köra, dunyoda jami 175 tonna za’faron hosili olingan. Uning savdo aylanmasi 1,5 mlrd dollarni taşkil etgan.












