“Möynoqqa Toşkent viloyati tomonidan 32 mlrd mablağ ajratildi. Men yana qöşimça 40 mlrd berişga tayyorman. Agar zarur bölsa, yana ajrataman. Bu töğridan töğri pullar, yana investitsion mablağlar ham bor. Mana, bolalarimizga bepul ovqatlantirişni yölga qöydik. Ovqatlanyaptimi bolalarimiz?” - dedi prezident.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev bunga javoban şunday dedi: “Ha, ayni paytda 142 ming nafar bolalarimiz bepul ovqat bilan qamrab olindi. Hatto uylariga ham olib ketişyapti”.
“Mayli, uyiga olib ketsa ham. Yesa, soğliği tiklansa böldi. Xudo xohlasa, pulimiz köpaysa, uylariga ham qilib beramiz. Bu ham Qoraqalpoğistonga xos tajriba böldi, endi boşqa viloyatlarda yölga qöyamiz. Nasib qilsa, asta-sekin yuqori sinflarga ham yölga qöyamiz”, dedi prezident.
Qayd etilişiça, Möynoq Qoraqalpoğistonning taşrif qoğoziga aylanişi kerak.
“Şunça yil Nukusga kelib qarsak çalib ketaverdik, lekin Möynoqda özgariş bölmadi. Minbarlardan turib, 30 yil “Orol, Orol” dedik. Lekin birorta vallamatning özi kelib Orolni öz közi bilan körmadi. Endi bunday bölmaydi, galstukni yeçib, işlaş payti keldi”, – dedi prezident.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, prezidentning özi ham uçraşuvga galstuksiz kelgan.












