Oliy sud matbuot kotibining xabar berişiça, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Saxovat” MFYda yaşovçi B.D.ning yaşaş xonadoniga Sardoba suv ombori töğoni yorilişi oqibatida jiddiy zarar yetgan.

U yaşaşga şaroiti yöqligini MFY raisiga kelib ma’lum qiliş bilan birga undan uy-joy quriş uçun yer uçastkasi ajratişda kömak söraydi.

MFY raisi Ş.B. esa yer uçastkasini ajratiş özining vakolati doirasiga kirmasa-da, fuqaroga va’da bergan. Unga tuman hokimligida işlovçi tanişlari orqali yer ajratişda yordam berişini, evaziga pora beriş kerakligini ma’lum qilgan.

2020 yil iyul oyida Oqoltin tumani, “Saxovat” MFYda joylaşgan dala şiyponida rais B.D.dan 300 dollar pulni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. Ammo aytilgan işni hal qilmay, mablağni özining şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.

Şundan söng, ikki karra jabrlangan fuqaro bu haqda huquq-tartibot organlariga ma’lum qilgan va raisga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Holat yuzasidan ötkazilgan sud majlisida ayblanuvçi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “v” bandi, 28, 211-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilgan.

Uni Jinoyat kodeksining 45, hamda 59-moddalariga asosan 3 yil muddatga mahalla raisi va mahalla idoralarida işlaş huquqidan mahrum qilib, 2 yilu 6 oy ozodlikni çeklaş jazosi tayinlagan.