Suv toşqini talafotlarini bartaraf etiş böyiça Hukumat komissiyasi tomonidan baliqçilik, çorvaçilik va parrandaçilikka ixtisoslaşgan tadbirkorlik sub'yektlari hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoğini ta'mirlaşga 126 mlrd söm ketişi hisoblab çiqildi.

2021 yil 25 may kuni Oliy Majlisi Senati Kengaşining Tanzila Norboyeva boşçiligida ötkazilgan majlisida Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” töğonida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan qöşimça çora-tadbirlar körib çiqildi.

Joriy yil aprelida Sirdaryo viloyatida suv toşqini talafotlarini bartaraf etiş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar doirasida Hukumat komissiyasi tomonidan baliqçilik, çorvaçilik va parrandaçilik yönalişlariga ixtisoslaşgan tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplaş hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini quriş-ta'mirlaş işlari uçun zarur böladigan mablağ miqdori (126 mlrd. söm) hisoblab çiqilgan.

Şuningdek, Senat a'zolari joylarga çiqib tadbirkorlik sub'yektlari, fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida mavjud holatni örganib çiqqan edi. Bu masala Oliy Majlis Senati tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Senat Kengaşi talab etiladigan mablağlarni respublika budjetidan bosqiçma-bosqiç ajratiş taklifini ma'qulladi.

Eslatib ötamiz, Sardoba fojiasi 72ta baliq xöjaligining 3 ming 461 gektar yer maydoniga zarar yetkazgan. Har bir gektar zarar körgan yer maydoni uçun 30 million sömdan jami 103 mlrd 872 mln söm kompensatsiya tölab beriş közda tutilgan edi.