30 aprel kungi brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari, general-mayor Abdulla Qöldoşev olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga köra, töğon öpirilişiga sabab bölgan bir qator omillar haqida ma'lumot berdi.

Birinçidan, Suv xöjaligi vazirligi tomonidan buyurtmaçi xizmatini taşkil etiş, loyihalaştiriş va quriliş işlarini olib borişda mas'uliyatsizlikka yöl qöyilgan;

inşootni tölaqonli ekspluatatsiya qilişda mazkur suv omboridan foydalaniş qoidalari tasdiqlanmagan, bu jarayonda belgilangan texnik va me'yoriy talablar qöpol ravişda buzilgan. 

Ikkinçidan, «UzGip» MÇJ loyiha taşkiloti tomonidan suv omborining işçi loyiha hujjatlarini tayyorlaş jarayonida tasdiqlangan Texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan yeçimlarga rioya qilinmasdan, unga özboşimçalik bilan özgartirişlar kiritilgan. Işçi loyiha hujjatlarida töğonning konstruktiv va seysmik mustahkamligi inobatga olinmagan.

Uçinçidan, «Özbekiston temir yöllari» AJning pudrat taşkiloti va yordamçi pudrat taşkilotlari tomonidan töğon tanasi tuproğining ziçligi, filtr va himoya toş qatlami qalinligi loyihaviy körsatkiçdan past bölişiga yöl qöyilgan.

Sardoba suv omborini loyihalaştiriş, quriş va töğonning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi holati böyiça buyurtmaçi, loyihaçi, quriliş taşkilotlari hamda ekspluatatsiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi şaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga ötkazilgan.

Hozirgi vaqtda suv omborini quriş uçun ajratilgan budjet mablağlarining qonuniy sarflanganligi yuzasidan jinoyat işi doirasida taftiş va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mazkur voqeaga daxldor barça mansabdor şaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi. Bu haqida jamoatçilikka qöşimça axborot taqdim etiladi.

  • 2020 yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida töğon öpirilib, suv toşqini yuzaga kelgandi. Suv toşqini natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetgan. Binolar, yöllar, kommunikatsiyalar vayron bölgan. Uçta tumandagi 22 ta qişloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. Rasmiy ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida 6 kişi halok bölgan.