AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi fonida amerikaliklarga murojaat qildi. Bayden Rossiyaga qarşi kiritilgan yangi sanksiyalarni ham e’lon qildi.
«Putinning nutqini tomoşa qildim, uning maqsadi SSSRni tiklaş. Putin – agressor. Biz jasur ukrain xalqini qöllab-quvvatlaymiz.
Rossiya biznesiga dollar, yevro, funt va iyenada pul ötkazmalarini amalga oşirişni çeklab qöyamiz. AQŞ Rossiyaning VTB bankiga nisbatan sanksiya qöllaydi. Yangi sanksiyalar Rossiya yuqori texnologiyali mahsulotlari eksportini çeklaydi. Bu sanksiya koinot sohasini ham öz içiga oladi. Sanksiyalar Rossiya yuqori texnologiyalar importining yarmidan köpiga taalluqli böladi.
NATO Rossiyaning harakatlariga qarşi çoralarni köradi. AQŞ Yevropaga qöşin yuboradi, jumladan, Germaniyaga. Men Putin bilan gaplaşmoqçi emasman. Rossiyani SWIFT'dan uziş hozirça reja qilinmayapti, lekin bu variant saqlab qolinadi. Şaxsan Putinga qarşi sanksiyalar qöllaşga tayyorman. Putin uruş oçiş orqali Rossiyani kuçsiz, dunyoni esa kuçli qiladi», dedi Bayden.
AQŞ Moliya vazirligi Rossiyaning ikki yirik banki «Gazprombank» hamda «Sberbank»ga qarşi sanksiya qöllanişini ma’lum qildi. AQŞ Moliya vazirligi mamlakatdagi barça moliya taşkilotlariga 30 kun içida «Sberbank»dagi vakillik hisoblarini yopişni buyurdi. Sanksiyalar sabab «Sberbank»dagi dollar ötkazmalari ular Amerika banklariga tuşgan zahoti bekor qilinadi.













