“Nukusda sharoiti yomon yana yettita mahalla bor ekan”. Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi mahallalarning birida bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati
24 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi Chimboy guzari mahallasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, odamlar bu yerga 2000-yillardan o‘rnasha boshlagan. Uylar rejasiz qurilgani sababli ko‘chalar tartibsiz bo‘lib qolgan, elektr energiyasi va ichimlik suv yetishmasdi.
Hozirga kelib mahalla aholisi 14 mingdan oshgan. Bu yerda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalasi dolzarb bo‘lib bordi. Va hudud yaqinda «Obod mahalla» dasturi doirasida obodonlashtirildi. Ko‘chalar ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurildi.
Transformator va ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari tortildi. Ariqlar tozalanib, daraxtlar ekildi.
Mahallada ish joyi va tibbiy xizmat yo‘q edi. Shu bois yengil konstruksiyadan to‘qimachilik korxonasi tashkil etilgan. Bu yerda 300 dan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.
— Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizlarning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Qo‘lida hunari bor ayolning kayfiyati yaxshi, oilasi ham barqaror bo‘ladi. Bunday ishlarni hali ko‘p qilishimiz kerak. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin biz bir oilamiz. Birlashib, hamma rejalarni amalga oshira olamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident bu yerda mahalla markazi qurish, shahardagi boshqa og‘ir hududlarni ham obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shu yerdagi tibbiy xizmat punkti ham ko‘zdan kechirilgan. Qoraqalpog‘istonda yangi klinikalar qurish, tibbiyot klasterlari tashkil etish rejalari muhokama qilindi.
Mahallaning Ko‘ktepa ko‘chasidagi 8ta uy namunaviy xonadonga aylantirilgan. Hovlilar tartibga keltirilib, issiqxonalar qurilgan. Prezident ulardan biri – Gabit Jusupov xonadonida mehmon bo‘ldi.
— Kechadan beri Qoraqalpog‘istonning eng uzoq, eng og‘ir hududlariga boryapmiz. Hozir menga aytishdi: Nukusda sharoiti yomon yana yettita mahalla bor ekan. Ularni ham obod qilish, yo‘lini, suvini, elektrini to‘g‘rilash bo‘yicha rejalarni belgiladik, — dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi
Sport | 11:50
-
Oldi olingan to‘ntarish, qayta tekshiriladigan GES va qimmatlagan go‘sht - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:20
-
Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
O‘zbekiston | 09:37
-
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
Sport | 09:20
Mavzuga oid

17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

20:19 / 24.12.2024