Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi çiqişi vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, uni muzokara ötkazişga çaqirdi.
«Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi şunçaki bosqin emas, bu Yevropa va uning birligiga oçilgan uruşdir. Insonlarning juda oddiy huquqlariga qarşi, Yevropada amalda bölgan barça odatlarga qarşi uruş. Yevropa davlati çegarani kuç bilan taqsimlaşga qarşi çiqqani uçun oçilgan uruş», dedi u.
Zelenckiy yana bir bor rossiyaliklarga murojaat qildi. «Maydonlarga çiqing, uruş tugaşini talab qiling. Bu sizning va bizning huquqimiz», dedi u rus tilida.
Ukraina prezidenti Yevropa davlatlarini Ukrainaga yordam körsatişda qat’iyatliroq bölişga çaqirdi: «Bizga bunçalik sust yordam beryapsiz, özingizni qanday himoya qilasiz? Bizga köproq yordam bering».
Sözi oxirida esa Vladimir Zelenskiy Putinga uning ismini aytmay murojaat qildi.
«Rossiya prezidentiga murojaat qilmoqçiman. Butun Ukraina böylab uruş ketmoqda. Keling, muzokara stoliga ötiramiz. Odamlar ölib ketişining oldini oliş uçun», dedi Zelenskiy yana rus tilida.
- Oldinroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukraina bilan har qanday vaqtda muzokara ötkazişga tayyorligi, bu uçun Ukraina harbiylari qurolni taşlab taslim bölişi kerakligini aytgandi.
- Şuningdek, Xitoy naşrlarida Putin Xitoy rahbari Si Jinping bilan telefon muloqot ötkazgani, u bilan suhbatda Ukraina bilan yuqori darajada muzokara ötkazişga tayyorligini aytgani haqida xabarlar berilmoqda.













