Rus delegatsiyasi rahbarining aytişiça, ular Kiyev tomoni muzokaraga kelişini Moskva vaqti bilan soat 15:00 gaça kutadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat Rossiya bilan Belarusda muzokara ötkazmasligini aytdi. Uning fikriça, Belarus uruşda Rossiyani qöllamoqda va neytral hudud hisoblanmaydi.

Ukraina prezidentining matbuot kotibi Sergey Nikiforov Kiyev nega Belarusda muzokaraga bormasligini izohladi. Uning aytişiça, Rossiya muzokaradan avval Ukraina armiyasi qurolni taşlab, taslim bölişini talab qilgan.

«Rossiya tomoni Gomelga muzokara uçun borganini aytdi, ammo Ukraina vakillari u yerga bormaydi. Ha, bu borada muzokara olib borilgandi, ammo oxirgi daqiqalarda rossiyalik muzokaraçilar avval Ukraina armiyasi qurolni taşlab, taslim bölişi kerakligini talab qilişdi. Bu talab rad etildi», dedi Zelenskiyning vakili.

Nikiforovning aytişiça, Ukraina boşqa neytral hududlarda uçraşişga tayyor. «Ukrainaning pozitsiyasi özgarmas, biz har qanday neytral hududda uçraşişga tayyormiz: Boku, Istanbul, Varşava, Vena. Özingiz tanlang, biz Rossiyaga öz askarlari jonini saqlab qoliş uçun qançalik tez muzokara stoliga ötirişi kerakligini taklif qilamiz», dedi Zelenskiy matbuot kotibi.

Avvalroq Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya Minskda uçraşişni taklif qilgaç, Putin qöşinlarga Ukrainaga harakatlanişni töxtatişga buyruq berganini aytgandi. Peskovga köra, Kiyev Minskdagi muzokaralarni rad etgaç, 26 fevral kuni Rossiya armiyasining harakatlari qayta tiklangan. Ukraina tomoni esa ruslar hujumni töxtatmaganini ma’lum qilgan.