Ukrainadagi uruşning törtinçi kunida mamlakatni yanada köproq kişi tark etdi — BMT ma’lumotiga köra, 370 mingga yaqin ukrainaliklar qöşni davlatlarga, Polşa, Vengriya, Ruminiya, Moldaviya, Slovakiya va boşqa davlatlarga çiqib ketgan. Kiyev atrofida va Xarkov köçalarida janglar davom etdi. Rossiya mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boşlanganidan buyon ilk marta rossiyalik harbiylar orasida halok bölganlar va yaralanganlar, şuningdek, asirga tuşganlar borligini tan oldi, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmadi. Bir neça urinişlardan keyin ham tomonlar birinçi muzokaralarni boşlaşga kelişa olmayapti (endi 28 fevral kuni uçraşişga kelişişgan). Quyidagi materialda uruşning törtinçi kunidagi vaziyatni ifoda etuvçi suratlar.

Foto: Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Sönggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar:
- YeI tomonidan Rossiya banki aktivlari bilan operatsiyalar qilişga qöyilgan taqiq kuçga kirdi
- Markaziy bank xorijliklarga Rossiya qimmatli qoğozlarini sotişni taqiqladi. Moskva birjasida valuta savdosi boşlanişi keçiktirildi, aksiyalar savdosi yanada keçroq boşlanadi
- RF mudofaa vazirligi ilk bor öz yöqotişlari haqida ma’lum qildi, ammo qança odam yöqotganini oçiqlamadi. Ukraina Boş ştabi rossiyaliklarning yöqotişlari 4500 kişidan ortiq ekani haqida ma’lumot bergan
- Ukraina IIVning tinç aholi orasidagi qurbonlar böyiça ma’lumoti: uruş boşidan buyon 352 kişi halok bölgan, 1684 kişi yaralangan
- Yevroittifoq Ukrainaga 450 million dollarlik jangovar qurollar yetkazib beradi. Bu YeI tarixida harbiy harakatlar olib borilayotgan hududga ilk bor qurol yetkazilişidir
- Rossiyada yakşanba kuni uruşga qarşi aksiyalarda yana 2700 kişi qölga olindi
- Rossiya va Ukraina örtasida duşanba kuni muzokaralar boşlanişi kutilmoqda

Foto: Alisa Yakubovich / EPA / Scanpix / LETA























