Yanvar oyida jamoa boş murabbiy Aleksandr Yejov bilan xayrlaşdi. U 2017 yildan beri (orada tanaffuslar bilan) klubni boşqarib kelayotgan edi. Yejov qöl ostida «Xorazm»ning Pro-Ligadagi eng yaxşi natijasi ötgan mavsumda qayd etildi – 5-örin.
Boş murabbiylikka 50 yoşli mutaxassis Ruslan Ahmedov taklif etildi. U Xorazm futboliga begona emas: şu yerda tuğilib ösgan, futbolçi sifatida «Xorazm» klubi şarafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatida «Maş’al», «Söğdiyona», «Şörtan», «Metallurg» klublari ştabida işlagan.

Ruslan Ahmedov qöl ostida «Xorazm» klubi qariyb 1 oy davomida Toşkentda öquv-maşğulot yiğinini ötkazdi. Bir qator nazorat öyinlarida iştirok etdi.
Natijalar quyidagiça:
«Xorazm» - «Ontustik» (Qozoğiston) 3:2
«Xorazm» - «Ğijduvon» 2:2
«Xorazm» - «Zomin» 4:4
«Xorazm» - «Maş’al» 1:0
«Xorazm» - «Neftegazmontaj» 4:1
«Xorazm» - «Şörtan» 1:0
«Xorazm» - «Çiğatoy» 2:1

Öquv-maşğulot yiğinidan söng «Xorazm» klubi tarkibda jiddiy özgarişlarni amalga oşirdi. Jumladan, 10 futbolçi bilan şartnoma imzolandi. Ularning orasida 20 yoşli kamerunlik hujumçi ham bor.
Taklif etilgan futbolçilar:
Ozodbek Rajabov (14.01.2002, Jizzax viloyatida tuğilgan), himoyaçi, «Nasaf» klubidan keldi, şartnoma muddati 2 yil.
Ja’far Karimov (01.09.2001, Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan), himoyaçi, «Nasaf» klubidan keldi, şartnoma muddati 2 yil.
Uluğbek Şaripov (06.03.2001, Toşkent viloyatida tuğilgan), himoyaçi, «Metallurg» klubidan keldi, şartnoma muddati 2 yil.
Şerzod Ğulomjonov (23.04.2001, Namangan viloyatida tuğilgan), yarimhimoyaçi, «Navbahor» klubidan keldi, şartnoma muddati 2 yil.














