28 fevral kuni Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik böyiça komissiyasining birinçi majlisi bölib ötdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva odamlarni tanib oluvçi texnologiyaning joriy etilişi haqida fikr bildirdi.
“Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini olişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.
Mamlakatimizda ham sönggi yillarda bunday texnologiyalardan keng foydalaniş yölga qöyilmoqda. Xususan, köpçilik içidan odamlarni tanib oluvçi maxsus kameralar bilan jihozlangan avtobuslar olib kelinmoqda. Şuningdek, içki işlar organlari xodimlariga yuzni tanib oliş va barmoq izini aniqlaş dasturiga ega bölgan planşetlar berilmoqda.
Haqiqatan, uşbu tizim jinoyatçi, qoçoq, bedarak yöqolgan şaxslarni topişda qöl kelişi butun dunyoda isbotini topgan. Şu maqsadda Içki işlar vazirligi tomonidan biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlaş va nazorat qilişni kuçaytiriş loyihasi işlab çiqilgan”, – deydi Tanzila Norboyeva.

Yiğilişda mazkur loyihani IIV Kiberxavfsizlik markazi boş mutaxassisi Muhsinjon Sultonov taqdimot qildi. Uning aytişiça, tizim sun’iy intellekt asosida işlaydi. U dastlab foto-video ma’lumotlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi va şaxs yuzini ajratib oladi. Ajratib olingan yuz tasvirini biometrik ma’lumotlar bazasidagi şaxslarning tasvirlari bilan taqqoslaydi. Tahlil natijalarini ma’lumotlar bazasiga qayd etadi.

Tizim ma’lumotlar bazasi quyidagilardan taşkil topadi:
- videokuzatuv kameralari tasvirlari;
- ijtimoiy tarmoqlardagi foto-videolavhalar;
- bodikameralardagi videotasvirlar;
- mobil telefonlardagi foto-videotasvirlar.
Biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlaş va nazorat qiliş kompleks tizimi öz içiga 7ta dasturni qamrab oladi:











