1 mart kuni Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev hamda YuNICeFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade tomonidan 2022−2025 yillarga möljallangan «Yöl xaritasi» imzolandi.
SSV matbuot xizmati xabar berişiça, mazkur hujjat Özbekistonda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişga doir umumiy qiymati 102,5 million AQŞ dollariga teng qöşma çora-tadbirlarni öz içiga oladi. U törtta asosiy yönalişdan iborat.
Birinçi yönaliş respublikada perinatal xizmatlar körsatiş sifatini yanada yaxşilaş bilan boğliq dolzarb vazifalarga qaratilgan.
Onalik va bolalikni muhofaza qilişga ixtisoslaşgan tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oşiriş, davolaş muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, kam vaznli çaqaloqlar hayotini saqlab qoliş çora-tadbirlari şular jumlasidan.
Ikkinçi yönaliş milliy kalendarga kiritilgan vaksinalar bilan bolalarni emlaş, mavjud sanitar punktlarni zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş, u orqali mamlakatda immunizatsiya jarayonlarini takomillaştiriş kabi vazifalarni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi qator umumta’lim maktablarining sanitariya-gigiyena holati hamda öquvçilarning salomatligi uçun muhim bölgan suv ta’minotini yaxşilaşga yönaltirilgan yirik loyihalar amalga oşiriladi. Şuningdek, bolalarda yod yetişmovçiligi, kamqonlikning oldini oliş singari qator masalalar yeçimi ham közda tutilgan.
Uçinçi yönaliş onalar va bolalarning ovqatlanişini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar. Ular orasida 6−23 oylik bolalar va 35 yoşgaça bölgan xotin-qizlarni temir hamda foli kislotasi bilan ta’minlaş, umumta’lim maktablarida ovqatlaniş standartlarini işlab çiqiş kabi vazifalar bor.
Törtinçi yönaliş ösmirlarga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşirişni nazarda tutadi. Buning doirasida maktab öquvçilari salomatligi bilan boğliq milliy strategiya işlab çiqiş, şu yoşdagi öğil-qizlarga xizmat körsatuvçi tibbiyot xodimlari uçun öquv dasturlari tayyorlaş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etuvçi platforma yaratiş kabi loyihalar amalga oşiriladi.
Ikki tomonlama imzolangan «Yöl xaritasi» ijrosi mamlakatda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlaş, şu yönalişda faoliyat yurituvçi tibbiyot xodimlarining bilim va tajribasini yanada oşirişga xizmat qiladi.












