Xarkovning öqqa tutilişi oqibatlari. Foto: Ukraina FVV/ EPA / Scanpix / LETA

Rossiya bosqinining beşinçi kunida, 28 fevral kuni Xarkov öqqa tutilişi oqibatida, Ukraina IIV ma’lumotiga köra, önlab kişilar halok böldi. Kiyevda qat’iy komendantlik soatidan keyin yana oziq-ovqat dökonlari oçildi va jamoat transporti işlay boşladi. BMT ma’lumotiga köra, Ukrainani 500 mingdan ortiq kişi tark etgan. Belarusning Gomel oblastida Rossiya va Ukraina örtasida ilk muzokaralar ötkazildi, tomonlar yana keyinroq uçraşişga kelişişdi. Quyidagi materialda uruşning beşinçi kunidagi vaziyatni ifoda etuvçi suratlar.

Ukrainalik politsiyaçilar Kiyevda harakatlanayotgan maşinalarni tekşirmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Ötgan tundagi asosiy voqealar:

  • Yaponiya Putin, Medvedev, Lavrov va Şoyguga qarşi sanksiyalar kiritdi.
  • Walt Disney kompaniyasi öz filmlari Rossiya kinoteatrlarida namoyiş etilişini töxtatdi. Warner Bros. premeraga bir kun qolganida «Betmen» namoyişini töxtatdi. Netflix Rossiya telekanallari translatsiyasidan boş tortdi.
  • Harley-Davidson, Volvo, General Motors mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berişni töxtatdi.
  • Mastercard öz tizimlarini Rossiyaning qator banklaridan uzib qöydi.
  • Kanada dunyoda birinçi bölib Rossiya nefti importidan voz keçdi.
  • 28 fevral kuni Rossiyada uruşga qarşi aksiyalarda yana 400 nafardan ortiq kişi qölga olindi.
Kiyev atrofidagi hududga zarbalar berilişi oqibatida yonib ketgan maşinalar. Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda oziq-ovqat dökoniga kiriş uçun navbat, dökonlar böşab qolmoqda. Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images