Özbekistonda 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy işlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli tölab beradigan tizim yaratiladi. Bu haqda prezident yiğilişida ma’lum qilindi.
Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilişni tubdan kuçaytiriş va bu boradagi yondaşuvlarni qayta körib çiqiş vazifasini qöydi.
Mamlakatimizda har yili örtaça 700 ming çaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bölgan ayollar kamida 4 oyga işdan ajralişi, dekretga çiqişi kerak.
«Oçiq aytiş kerak, ayni paytda budjet taşkilotlari homiladorlik nafaqasini töliq tölab bersa-da, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy işga olişdan qoçiş holatlari ham, afsuski bor.
Şu bois, 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy işlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli tölab beradigan tizim yaratiladi.
Endi, ularga ham 4 oyga 2 million söm miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi tölab beriladi.
Bu maqsadlar uçun, budjetdan 2022 yilda 200 milliard söm, 2023 yilda esa 1,7 trillion söm yönaltiriladi», dedi prezident.
Yiğilişda e’lon qilingan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş böyiça yana bir qator çora-tadbirlar:
- ehtiyojmand yolğiz ayollar farzandlari uçun davlat boğçalari tölovlari budjetdan qoplab beriladi;
- yirik işlab çiqariş korxonalari, töqimaçilik klasterlari va keçki smenada aksariyat ayollar işlaydigan korxonalar boğça taşkil qilganda, ulardagi tarbiyaçilarning iş haqi davlat tomonidan tölab beriladi;
- 27 ming nafar ayolning uy-joy şaroitini yaxşilaş böyiça aniq rejalar belgilab olingan;
- 2022 yilda ipoteka kreditlari böyiça ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yönaltiriladi;
- uy-joyga muhtoj 14 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara tölovlari uçun 500 ming sömgaça kompensatsiya beriladi;
- 2022 yilda respublika böyiça 1 mingta ijtimoiy uylar sotib olinadi;
- viloyat hokimlari uşbu uylarning 700 tasini uy-joyga muhtoj yolğiz ayollarga ijaraga beradi, uşbu xotin-qizlar kasb-hunarga örgatiladi.













