Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 2022 yil 1 martdagi PQ-147-son qaroriga asosan, 2022 yil 1 maydan boşlab mahalla raislarining oylik iş haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravişda quyidagiça belgilanadi:
- xonadonlar soni 500 tagaça bölgan mahallada — mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming söm) miqdorida;
- xonadonlar soni 501 tadan 1000 tagaça bölgan mahallada — mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming söm) miqdorida;
- xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bölgan mahallada — mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 110 ming söm) miqdorida.
Şuningdek, faoliyat samaradorligi körsatkiçlaridan kelib çiqib, mahalla raislarini qöllab-quvvatlaş maqsadida mehnatga haq tölaş jamğarmasining 15 foizi miqdorida moddiy rağbatlantiriş jamğarmasi şakllantiriladi.
Avvalroq, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi sifatida qayta taşkil etilganligi haqida xabar berilgan edi.












