Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasining kuzatuv (vasiylik) kengaşi töğrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 yanvardan boşlab moliyaviy mustaqillik berilgan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengaşlari tugatilgan hamda tarkibining kamida 70 foizi tegişli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmaçilari, jamoatçilik vakillari va homiylardan iborat bölgan yuridik şaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengaşlari taşkil etilgan.
Kengaş Özbekistonning har bir oliy ta’lim muassasasida (filialida) taşkil etiladi. Kengaş yuridik şaxs hisoblanmaydi va davlat röyxatidan ötkazilmaydi. Kengaş öz faoliyatini jamoatçilik asosida amalga oşiradi. Kengaş oliy ta’lim muassasasini samarali boşqarişda strategik organ hisoblanadi.
Kengaş tarkibiga Oliy Majlis palatalarining a’zolari, xalq deputatlari mahalliy kengaşlari deputatlari, vazirlik va idoralarning, nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari, ilmiy doira va ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatçilik vakillari, homiylar, şuningdek oliy ta’lim muassasasi faoliyatini takomillaştiriş va rivojlantirişdan manfaatdor bölgan boşqa yuridik (jumladan, kadrlar buyurtmaçilari) va jismoniy şaxslar kirişi mumkin.
Ta’lim jarayonida ijtimoiy şeriklik tamoyillarini samarali amalga oşiriş, ta’lim sifatini yaxşilaş, oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va ta’lim jarayonini takomillaştiriş kengaşning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Quyidagi masalalarni muvofiqlaştiriş kengaşning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika, öquv-metodik bazasini mustahkamlaş, ijtimoiy va maişiy infratuzilmasini yaxşilaş, binolardan foydalaniş va hududlarini obodonlaştiriş;
- bakalavrlar va magistrlar tayyorlaş sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini baholaş işlarini taşkil etiş;
- ta’lim jarayoni sifati va natijadorligini oşiriş, kelgusida mehnat bozori rivojlanişini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnika kadrlarini tayyorlaşning istiqbolli yönalişlarini belgilaş;
- mutaxassislar tayyorlaş sifatiga kömaklaşadigan istiqbolli dasturlarni realizatsiya qiliş;
- oliy ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantiriş, fundamental (amaliy) ilmiy-texnika işlanmalarini amalga oşiriş, öquv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalaş;











