“Özbekiston temir yöllari” AJning xabar berişiça Xitoy davlat holding kompaniyasi CRRC Group (China RailwayRolling Stock Corporation – “Xitoy temir yöl kompaniyasi”)dan Özbekiston iqlim şaroitlari inobatga olinib, işlab çiqarilgan yangi elektrovoz keltirilgan.

Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 öqli yölovçi va yuk elektrovozi bölib, uning quvvati 9,600 kVt ni taşkil etadi. Uşbu lokomotiv barça ob-havo şaroitlarida oğir yuklar bilan ortiqça qiyinçiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga köra, mazkur turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 kilometrgaça oşirişi mumkin. Lokomotivning işlaş muddati – 40 yil. 

Elektrovoz TOSHIBA kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jixozlangan bölib, uşbu tizim elektrovozni ortiqça yuklanişlardan, nosozliklardan himoya qiladi va maşinistga öz vaqtida xabar beradi.

Elektrovozdagi elektron uskunalarining, yuqori va past kuçlanişli elektr jihozlarining holati, tormoz, xavfsizlik, radioaloqa va boşqa tizimlarning sozligi böyiça monitor orqali körsatib turadi. Agar safar davomida uskunalarda muammo aniqlansa, uşbu xabar içki kompyuter monitoriga çiqariladi va bu yerda, şu bilan birga uni bartaraf etiş çoralari haqida ma’lumot ham beriladi.