Uruşning oltinçi kuniga kelib Rossiya armiyasi Xarkov va Kiyevni artilleriyadan öqqa tutişni kuçaytirdi. Ukraina tomoni tinç aholi orasida önlab qurbonlarni qayd etdi. Rossiyalik harbiylar Kiyevni örab olişda davom etmoqda, şahar köçalarida barrikadalar qurilgan va mudofaaga tayyorgarlik körilmoqda. Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga «yangi maxsus tartib» asosida «zudlik bilan» qabul qilinişi böyiça ariza topşirgan, YeIning sakkiz mamlakati rahbarlari Ukrainaga nomzod mamlakat maqomi berişga çaqirgan. Quyidagi materialda uruşning oltinçi kunidagi vaziyatni ifoda etuvçi suratlar.

Tinç aholi Kiyev şimolidagi portlatilgan köprik böylab ötmoqda
Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Sönggi soatlarning asosiy voqealari:

  • Bayden Amerika qöşinlari Ukrainada jang qilmasligini, biroq Yevropadagi NATO ittifoqçilarini himoya qilişini aytdi;
  • AQŞ havo hududini Rossiyadan kelayotgan samolyotlar uçun yopdi;
  • ExxonMobil kompaniyasi «Saxalin-1» loyihasidan çiqişni boşladi;
  • Boeing Rossiya aviakompaniyalariga texnik xizmat körsatiş va qöllab-quvvatlaşni töxtatdi;
  • Kanada Dmitriy Medvedev, Sergey Sobyanin, Aleksandr Beglov va boşqa bir qator yuqori martabali rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalar kiritdi;
  • Mordoviya rahbari Artem Zdunov Ukrainada vafot etgan polkovnik Viktor Isaykin haqida ma’lum qildi;
  • Ford Rossiyadagi faoliyatini töxtatganini e’lon qildi;
  • 160 dan ortiq Nobel mukofoti laureati Ukrainaga bosqinni töxtatiş talabi bilan oçiq xat imzoladi.
Kiyev yaqinidagi Brovari şahrida portlaş oqibatlari
Foto: Yefrem Lukatskiy / AP / Scanpix / LETA
DXR nazoratidagi Nikolayevka posyolkasi yaqinida isinayotgan jangçilar 
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA