2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda özi va farzandlariga öt qöymoqçi bölgan ayolning videosi tarqaldi. Holatga aliment pullarini ololmagani sabab bölgani aytilmoqda. Hodisa Çinoz tumani prokuraturasi binosi qarşisida sodir bölgan. Ta’kidlanişiça, ayol şu tarzda tuman prokuraturasi va Majburiy ijro byurosining Çinoz tuman bölimi xodimlaridan öz noroziligini bildirmoqçi bölgan.
Majburiy ijro byurosi axborot xizmatni holat böyiça örganiş işlari olib borilganini ma’lum qildi.
“Aniqlanişiça, videolavhalarda özini farzandlari oldida yoqmoqçi bölgan fuqaro G.Xöjanova bilan boğliq 2 ta ijro işi MIBning Çinoz tuman bölimi iş yurituvida bölgan. Jumladan, ijro işi böyiça sudning 25.08.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, 27.11.2021 yilda fuqaro G.Xöjanova Çinoz tumani, “Kattatepalik” MFY, Fayzli köçasidagi uylarning biriga yaşaş va foydalaniş huquqi bilan kiritib qöyilib, tegişli tartibda davlat ijroçisi B.Boymatov tomonidan “dalolatnoma” rasmiylaştirilgan va ijro hujjati tamomlangan.
Bundan taşqari, fuqarolik işlari böyiça Quyiçirçiq tumanlararo sudining 2019 yil 13 avgust kunidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.Xöjanovdan undiruvçi G.Xöjanova foydasiga ½ qism miqdorida aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjati bölim iş yurituviga 20.08.2019 yil kelib tuşgan bölib, şu kunning özida Özbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boşqa organ hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisida qaror çiqarilib, taraflarga yuborilgan.
Şuningdek, qarzdorning nomidagi mol-mulklarini aniqlaş maqsadida tegişli taşkilot va organlariga “Mib Portal” elektron dasturi orqali sörovnomalar yuborilib, olingan javob xatlariga asosan, qarzdorga tegişli mol-mulklar mavjud emasligi aniqlangan” deyiladi MIB tomonidan e’lon qilingan bayonotda.
Byuro axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov ijro harakatlari davomida S.Xöjanovning xorijga çiqiş huquqlari vaqtinça çeklangan.
“Ijro harakatlari davomida, qarzdor S.Xöjanov Toşkent viloyati Çinoz tumanidagi “Ravnaq Fayz Agro” fermer xöjaligida işlayotganligi aniqlanib, mazkur ijro hujjatini 2020 yil 1 noyabrda “Sud hujjatlari va boşqa organ hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunning 64-moddasiga asosan oylik iş haqiga yuborilgan bölib, qarzdor S.Xöjanovning oylik haqidan 2021 yil 1 iyul kuniga qadar undiruvçining plastik hisob raqamiga ötkazilib kelingan.
Qarzdor S.Xöjanov undiruvçi G.Xöjanovaga tilxat asosida 2021 yil iyul oyidan 2022 yil 1 fevral oyiga qadar 550.000 sömdan naqd pul aliment pullarini tölagan bölsa-da, hozirda qarzdorligi 7 mln. 991 ming sömni taşkil etgan.












