Kun.uz 2020 yil kuzida Toşkent şahri Çilonzor tumani, 2-Çarx Kamolon mahallasidagi noqonuniy quriliş ehtimoli haqida lavha tayyorlagandi. Taassufki, oradan şunça vaqt ötsa ham mojaro nafaqat barham topmagan, balki yanada avj olgan.
Tadbirkor, ya’ni “Baliq savdo” MÇJ Çilonzor 11-mavze KXAY 21b-uyda joylaşgan omborxonasi buzilişi evaziga 2-Çarx Kamolon mahallasi 144–148-uylar orasida joylaşgan 6 sotixli yer Toşkent şahar hokimi imzolagan qaror bilan ularga ajratib berilganini iddao qilmoqda.


Aholi vakillari esa buzilgan deb aytilgan joyga borib kelişgani, u yerda “Baliq savdo” MÇJga tegişli mulk buzilmagani, faqatgina “naves”i olib taşlangani, şuning evaziga köp qavatli uylar orasidagi tor joydan 6 sotix yer ajratilgani ğalati ekanini aytişmoqda.
Şahar boş arxitektori imzosi bilan esa MÇJ taqdim etgan loyiha asosida daraxtlarni saqlaş, turar joylar orasidagi masofalarni inobatga oliş va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hisobga olgan holda omborxona va ofis (!) qurilişi uçun loyiha işlarini davom ettirişgagina (!) xulosa berilgan.
Xuddi şunday xulosa Ekologiya boşqarmasi tomonidan ham berilgan, ya’ni ösimlik dunyosiga zarar yetkazilsa, xulosa bekor böladi.
MÇJda barça taşkilotlar xulosalari bor, faqat öşa xulosalar quriliş uçun emas, balki loyihalaşni davom ettiriş uçun. Şuningdek, MÇJ taşkilotlarga sörovni ofis va omborxona qurilişi uçun deb taqdim etyapti.
Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi rahbari Farhod Dehqonovning imzosi bilan yöllangan hujjatda şu joydagi 30 ta daraxtni saqlab qoliş şarti bilan ofis va omborxona qurilişiga e’tiroz bildirmagan. Elektr, gaz va suv ta’minotiga mas’ul bölgan taşkilotlarning xulosalarida mavjud quriliş atrofdagi uylar ta’minoti va infratuzilmasiga yuklama bermaydi, deyilgan. SSV bergan hujjatda hududdagi poliklinika va rentgen binosiga keluvçilarga xalaqit qilmaydigan darajada qurilişga qarşilik bildirilmasligi bayon qilingan.
Aholi esa bu yer şundoq ham tirband bölib ketganini, yana bir bino qurilsa, avtoturargoh masalasi, odamlar, nogironlar va avtomobillar uçun kiriş-çiqiş juda ham qiyin bölişini aytyapti. Darhaqiqat, ularning gaplarida jon bor. Biz joyiga çiqib örganganimizda, haqiqatan ham binolar ziç joylaşib, harakat uçun noqulaylik tuğilişiga guvoh böldik.

Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi 2021 yil 22 fevraldagi bayonnomasi bilan “Baliq savdo” MÇJga Arxitektura va şaharsozlik kengaşining 2020 yil 17 avgustdagi xulosasini bekor qiliş zarur degan xulosa bergan.
Qarorda mazkur loyiha qator qonun normalariga zid ekani aytiladi. Xususan:
— ŞNK 2.07.01.03 – Şaharsozlik şahar va qişloq aholi punktlari hududlarini rivojlantiriş va qurilişni rejalaştiriş norma qoidalarida mavjud mavzelarning köp xonadonli binolari oraliğida maxsus bino va inşootlardan (sport maydonçalari, bolalar öyin maydonçalari, kiyim-keçak quritiş maydonçalari, avtomobillarning vaqtinçalik töxtaş joylari) taşqari har qanday boşqa maqsadli obektlarni joylaştirişga yöl qöyilmasligi körsatib ötilgani;
— “ToşkentboşplanLITI” DUKning 2020 yil 23 dekabrdagi NPO-2022 sonli xulosasida, Çilonzor tumani, 2-Çarx Kamolon mahallasi hududidagi, 144- va 148-uylar oraliğida ofis va omborxona binolarini joylaştirişda Sanitariya norma va qoidalarida belgilab qöyilgan talablar buzilayotgani;
— Özbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining 2020 yil 9 noyabrdagi 20-8/159 sonli murojaatida, davolaş profilaktika muassasalarini loyihalaş, quriş va ulardan foydalanişning sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga köra, davolaş-profilaktika muassasalarining aholi turar joy punktlarida joylaştirilişda, turar joy binolaridan 30-50 metr masofada joylaştirilişi lozimligi körsatib ötilganligi va Özbekiston Respublikasi aholi yaşaş joylarining atmosfera havosini muhofaza qilişning sanitariya qoidalari va me’yorlari muvofiq, omborxona binolari aholi turar joy binolaridan 50 metrdan kam bölmagan masofada joylaştirilişi kerakligi körsatib ötilgan.

Fuqarolarning mazkur masala yuzasidan qilgan murojaatiga asosan, Quriliş vazirligi tomonidan 2020 yil 24 dekabrda Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasiga “Baliq savdo” MÇJ tomonidan qurilişi rejalaştirilayotgan binoning quriliş işlarini töxtatiş, hamda eskiz loyihasi uçun berilgan “Loyiha-smeta hujjatlarini kelişiş böyiça arxitektura va şaharsozlik kengaşining 2020 yil 17 avgustdagi 31-1753/A-sonli xulosasi”ni bekor qiliş va loyiha hujjatlarni örnatilgan tartibda qayta körib çiqiş vazifasi 13-13/10432 sonli topşiriq xatida qöyilgan.
“ToşkentboşplanLITI” va SSV ham mazkur hududda bino quriş maqsadga muvofiq emas deb topgan. Lekin tadbirkorlarning qölida ham ruxsat etuvçi hujjatlar, xususan sud qarorlari bor. Aholining qölida esa ruxsatlar va xulosalar bekor qilingani haqida hujjatlar bor.
Quriliş hududi ijtimoiy obektlardan 30-50 metr masofada bölişi lozimligi tegişli me’yoriy hujjatlarda belgilab qöyilgan. Ammo joriy loyiha heç qanaqasiga bunga töğri kelmaydi, ya’ni qurilajak bino boşqa binolarga juda yaqin. Tadbirkorlar biz bilan suhbatda bu yerda 7 qavatli ofis binosi bölişini aytişdi, aholi vakillari esa bunga işonmayapti: ular 7 qavatli bino toifasi keyinçalik turar joy deb özgartirilişini aytişmoqda. Qolaversa, şunday tor-tanqis joyda, katta köçadan içkarida, turar joy binolari orasida 7 qavatli ofis qurilişi biroz mantiqqa zid emasmi?

Tadbirkorning aytişiça, şu paytgaça mojaro yuzasidan 2 marta sud bölib ötgan va har safar ularning foydasiga qaror çiqargan.
Mana şunday holat. Biz hammani eşitişga harakat qildik. Tadbirkor bu yerga haqliman, mulkimni buzişgani evaziga joyni olganman desa, aholi vakillari mulki buzilmagan, deydi. Tadbirkor hujjatlarida omborxona va ofis qurilişi haqida gap boradi. Ammo aholi omborxona yoki ofis emas, 7 qavatli uy qurilmoqda, degan xavotirda.
Xullas, aholi noroziligiga uçrayotgan bu kabi qurilişlar poytaxtda şu qadar köpki, ularning har birini yoritişga tahririyatlarning kuçi yetmaydi. Bu kabi nizolarda hamşaharlarimizga sabr va kuç-quvvat tilab qolamiz.
Aholi va tadbirkorni bir-biriga qarşi qilib qöyib, vaziyatni çetdan tomoşa qilib ötirişga örgangan hokimlik bu keysda ham “öz uslubi”da qolmoqda. Şahar içida bu kabi nizolar orsa ortyaptiki kamaygani yöq. Nahotki vaziyat şunday davom etaversa..?
Bobur Akmalov
Tasvirçi va montaj ustasi Azimjon Vohidov












