24 fevral tongida Vladimir Putin DXR va LXRni ozod qiliş, şuningdek, Ukrainani «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qiliş maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» boşladi. Şundan söng Rossiya Ukrainaga qöşin kiritdi. Kiyev, Xarkov, Mariupol va boşqa şaharlarda bir neça kundan buyon janglar davom etmoqda. Odamlar bombapanagohlarga, metro bekatlari va yerosti avtoturargohlarda yaşirinib jon saqlamoqda. Aholining bir qismi qöşni davlatlarga qoçmoqda: BMT ma’lumotiga köra, uruşning yetti kunida Ukrainani bir millionga yaqin kişi tark etgan.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Sönggi soatlardagi asosiy voqealar:
- BMT ma’lumotlariga köra, bir hafta içida bir million ukrainalik qoçqinga aylandi.
- Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlari yuzasidan tergov boşladi.
- Rossiya hukumati dumaga sanksiyalar şaroitida aholi va biznesni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
- Rossiya Mudofaa vazirligi birinçi marta yöqotişlar haqida ma’lumot berdi: 498 harbiy xizmatçi halok bölgani, 1597 nafari yaralangani aytilgan.
- Zelenskiyning ta’kidlaşiça, Rossiya armiyasi bir hafta içida Ukrainada töqqiz ming askarini yöqotdi. Ukraina razvedkasi fikriça, 4 mart kuni Kreml mamlakatda harbiy holat e’lon qiladi.
- Jahon banki Rossiya va Belarusdagi dasturlarni töxtatdi.
- Gamburgda Alişer Usmonovning 600 million dollarlik Dilbar nomli yaxtasi musodara qilindi.
- Roman Abramoviç «Çelsi»ni sotadi.
- Oracle, Mercedes-Benz va H&M Rossiyada sotuvlarini töxtatdi.
- Rossiyadagi uruşga qarşi aksiyalarda yana 700 nafardan ortiq kişi hibsga olindi.




























