Poytaxtning “Firdavs” jome masjidiga ibodat qiliş uçun kelgan Behzod ismli fuqaro yeçib qöyilgan kiyimining çöntagida bölgan “Ayfon” rusumli telefoni yöqolgani uçun içki işlar organlariga murojaat qilgan.
Şayxontohur tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş organlari tomonidan masjid kuzatuv kameralari tekşirilganda, telefon Namangan viloyatida 1984 yilda tuğilgan Abduraşid ismli şaxs tomonidan öğirlab ketilgani ma’lum böldi. Bu şaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik uçun sudlangan.
Tergov jarayonida ma’lum bölişiça, bundan oldin Abduraşid “Umar ibn Xattob”, “Minor” masjidlarida ham fuqarolarning telefonlarini öğirlab sotib yuborgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati lavhasida.











