Ukraina mamlakat hududidan tabiiy gaz eksport qilişni vaqtinça töxtatdi.

"Ukraina energetika vazirligi bozor iştirokçilariga mamlakatimiz hududidan tabiiy gaz eksport qilişni taqiqladi. Bu Ukraina yerosti gaz omborlarida saqlanayotgan gazga ham taalluqli", - deyiladi "Ukrtransgaz" AJ xabarida.

Çeklov mamlakat energetika vazirligining 3 mart kungi buyruğiga asosan kiritildi.

Bundan taşqari, "Ukrtransgaz" kompaniya saytida yerosti gaz omborlari faoliyati töğrisidagi tezkor ma’lumotlarni çop etişni ham töxtatdi.