Şavkat Mirziyoyev 4 mart kungi videoselektor yiğilişida talabalarning bandligini ta’minlaş masalalari yuzasidan bir qator topşiriqlar berdi.
«Barça davlat taşkilotlari va muassasalarida talabalarning işlaşiga ruxsat beriladi», deydi prezident.
Oliygohlar atrofidagi maktab va boğçalarda 13 ming vakant iş örinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uçun joylaşuvi qulay bölgan maktab va boğçalarga işga joylaştiriş mumkinligi körsatib ötilgan.
Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar böyiça har çorakda talabalar örtasida tanlovlar e’lon qilib boriş topşirilgan. Har bir tarmoq rahbari öz sohasidagi oliygohlar bilan tizimli işlab, salohiyatli talabalarni tanlab borişi kerak böladi.
Ta’kidlanişiça, Markaziy bank har yili 3–4-kurs talabalari örtasida tanlovlar e’lon qilib, 60 nafar talabani haq tölanadigan stajirovkaga jalb qiliş tizimini yölga qöygan. Stajirovka yakunida eng yaxşi talabalarga doimiy iş taklif qilinadi.
Xuddi şunday işlarni Iqtisodiyot, Moliya, Quriliş, Energetika, Qişloq va Suv xöjaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli taşkil etişi şart etib belgilandi. Uşbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.

Yiğilişda davlat grantlari hisobidan amalga oşiriladigan ilmiy loyihalarga 2022 yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qiliş lozimligi körsatib ötildi.
Şu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan şakllantirişga topşiriq berildi.
Viloyat va şaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor örtasida hamkorlikni tizimli yölga qöysa, 30 ming nafar talabani iş bilan band qiliş mumkinligi ta’kidlandi.
Bunda, viloyat hokimlari iş beruvçilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uçun biznes uçraşuvlar taşkil etişi lozim.
Şu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1 apreldan boşlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini ötkaziş topşirildi.
Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boşqa korxonalar örtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta’minlaş çoralarini körişi kerak.












