Qömita xabariga köra, Özbekiston 2022 yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 2,4 mln AQŞ dollariga teng bölgan 2,3 ming tonna anor eksport qilgan. 

Qayd etilişiça, anor eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 766 tonnaga oşgan.

Özbekiston eng köp anor eksport qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakçilik qilmoqda – 1,1 ming tonna. Keyingi örinlarda mos ravişda Qozoğiston (743 tonna), Tojikiston (294 tonna), Qirğiziston (99 tonna) va Koreya bormoqda (16,2 tonna). 

Yanvar oyida xorijga eng köp anor eksport qilgan hududlar quyidagiça: Qaşqadaryo viloyati – 530 tonna; Surxondaryo viloyati – 470 tonna; Toşkent viloyati – 378 tonna; Farğona viloyati – 259 tonna.

Bundan oldin bozorlardagi asosiy mahsulotlarning narxi e’lon qilingandi.