Mijozlar kontaktsiz tölovni amalga oşiriş uçun iPhone yoki Apple Watch’ni tölov terminaliga yaqinlaştirişlari kifoya. Apple Pay orqali amalga oşiriladigan har bir xarid Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli yordamida tasdiqlanadi. Bundan taşqari, har bir tölov uçun noyob, bir martalik dinamik xavfsizlik kodi yaratiladi. Apple Pay’dan oziq-ovqat dökonlari, dorixonalar, taksilar, restoranlar, qahvaxonalar, çakana savdo dökonlari va boşqa köplab joylarda foydalaniş mumkin.
Mijozlar Apple Pay’dan iPhone, iPad va Mac qurilmalarida ilovalar yoki Safari brauzeri orqali internetdagi xaridlar uçun ham foydalaniş imkoniyatiga ega. Bunda alohida akkaunt yaratiş yoki yetkazib beriş va tölov maʼlumotlarini har safar qayta kiritiş talab etilmaydi. Apple Pay orqali oziq-ovqat va mahsulotlarni yetkazib beriş xizmatlari, onlayn xaridlar, transport, avtoturargoh va boşqa xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşiriş yanada qulaylaşadi. Şuningdek, Apple Watch’dagi ilovalarda ham Apple Pay orqali tölov qiliş mumkin.
Xavfsizlik va maxfiylik - Apple Pay’ning asosiy tamoyillari
Mijoz Apple Pay orqali kredit yoki debet kartasidan foydalanganda kartaning haqiqiy raqami qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi. Uning örniga qurilmaga Device Account Number - noyob qurilma hisobraqami biriktiriladi. U şifrlanadi va tölov maʼlumotlarini xavfsiz saqlaş uçun möljallangan, xalqaro standartlarga javob beruvçi maxsus Secure Element çipida himoyalangan holda saqlanadi.
Apple Pay’ni ulaş juda oson
iPhone’da Wallet ilovasini oçing, “+” tugmasini bosing va Ipak Yuli Bank’ning kredit yoki debet kartasini qöşiş böyiça körsatmalarga amal qiling. Karta iPhone, iPad yoki Mac qurilmasiga qöşilgaç, mijoz darhol Apple Pay’dan foydalanişni boşlaşi mumkin. Şu bilan birga, Ipak Yuli Bank kartalari orqali taqdim etiladigan barça bonuslar va boşqa imtiyozlar saqlanib qoladi.
Apple Pay haqida batafsil maʼlumot apple.com va ipakyulibank.uz saytida.
Ipak Yuli Bank haqida
1990-yilda mustaqil Özbekistonning birinçi xususiy banki sifatida asos solingan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 4,5 milliondan ortiq mijozga xizmat körsatmoqda. Bank çakana, korporativ va investitsion mahsulotlarning keng doirasini taklif etadi, 6 milliondan ziyod kartalarni muomalaga çiqargan hamda 900 dan ortiq bankomat va 20 000 POS-terminaldan iborat tarmoqqa ega.

















