Şundan keyin Rossiyada çiqarilgan Visa va Mastercard kartalaridan çet elda foydalanib bölmaydi, xorijda çiqarilgan kartalar bilan ham Rossiyadagi banklar va terminallarda tölov qilib bölmaydi.

Visa bu qarorni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va undan keyin röy bergan voqealar bilan izohlagan. «Mazkur uruş hamda tinçlikka va barqarorlikka doimiy tahdidlar bizdan qadriyatlarimizga muvofiq javob berişni talab qiladi», deyiladi bayonotda.

Mastercard bayonotida ham köpçilikka qöşilgan holda, barça uçun yanada ijobiy, samarali va tinç kelajak umidida uşbu qadam taşlangani qayd etilgan.

Şu tariqa, amalda Rossiya moliya tizimi taşqi dunyodan uzilib qoladi.

Şu bilan birga Rossiya banklari tomonidan çiqarilgan Visa va Mastercard kartalari Rossiyada odatdagidek işlaşda davom etadi, çunki ular böyiça operatsiyalar Milliy tölov kartalari tizimi orqali amalga oşiriladi - bu tizim «Mir» kartalarini ham çiqargan.

Milliy tölov kartalari tizimi Rossiyada 2014 yilda Qrim bosib olinganidan keyin paydo bölgan.

Aynan uning şarofati bilan Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda tölov tizimi işlab keladi: mahalliy banklar tomonidan emissiya qilingan kartalar bilan Rossiya hududida tölovlarni amalga oşiriş mumkin, ammo yarimorol aholisi bu kartalar bilan xorijdagi internet-dökonlarga tölov qilolmaydi, şuningdek xorijga çiqqanda bu kartalarni işlatolmaydi.

«Mir» kartalari işlaydigan davlatlar:

  • Turkiya
  • Vetnam
  • Armaniston
  • Belarus
  • Qirğiziston
  • Tojikiston
  • Qozoğiston
  • Janubiy Osetiya
  • Abxaziya
  • Kipr
  • BAA

Rossiyaliklar xorijdagi internet dökonlardan taşqari AppStore va GooglePlay ilovalaridagi dökonlarda, şuningdek Apple Pay va GooglePay hamyonlarida Visa va MasterCard kartalari orqali tölov qilolmaydi.

Markaziy bank aniqlik kiritişiça, kartalarga boğlangan hisoblardagi mablağlar öz joyida qoladi.

«Mir» kartalaridan hamon ayrim xorij mamlakatlarida foydalaniş mumkin. Bular asosan MDH mamlakatlari, şuningdek Turkiya va Vetnam kabi davlatlar.