Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berişiça, bugun, 9 mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz, Qamaşi, Dehqonobod, Yakkaboğ va Kitob tumanlarida kuçli şamol esişi va yoğingarçilik qayd etilgan.

Oqibatda, viloyatning bir neçta tumanlarida gidrometeorologik xavfli jarayonlar yuzaga kelgan. Jumladan:

  • Soat 11:03 larda Şahrisabz tumani “Çorşanbi” qörğonidagi oziq-ovqat savdo dökonining tom qoplamasini şamol uçirib yuborgan;
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • Soat 11:25 larda Qamaşi tumani “A.Navoiy” MFYda joylaşgan yelim idişlarni yiğiş punktining tom qoplamasi kuçli şamolda qulab tuşgan. Oqibatida uç nafar fuqaro turli darajada jabrlanib, tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan;
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • Soat 11:48 larda kuzatilgan şamol Yakkaboğ tumani “Uçtepa” MFY, Toş qişloğidagi uyning, “Navröz” MFY, Navröz qişloğidagi ikkita xonadonning qöşimça binolaridagi tom qoplamalarini uçirgan;
  • Soat 11:50 larda Kitob tumani Qaynar, Motmon va Qavzixona qişloqlari hududidagi 4 dona elektr liniyasi simyoğoçi hamda “Tepaboşi” MFY hududida 1 ta yaşaş uyining tom qismi kuçli şamol natijasida qulab tuşgan.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Qayd etilişiça, yuzaga kelgan vaziyatlarni bartaraf etiş uçun Qaşqadaryo viloyati FVBning tarkibiy tuzilmalari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat quyi tizimlarining 169 nafar qutqaruvçilari, avariya-tiklaş brigadalari şaxsiy tarkibi va 26 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yaşin urişi oqibatida bir kişi halok bölgan, ikki kişi jarohatlangandi.