Qayd etilişiça, Otabek Fozilkarimov soğliqni saqlaş vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Otabek Fozilkarimov 1986 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 2007 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U öz vaqtida Moliya vazirligi Soğliqni saqlaş, sport va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş böyiça budjet siyosati departamenti direktori lavozimida işlagan.
2020 yilda Moliya vazirligining Ijtimoiy himoya sohasida budjet siyosati departamenti direktorining örinbosari – aholini ijtimoiy muhofaza qiliş va soğliqni saqlaş sohasida budjet siyosati boşqarmasi boşliği bölgan.
O.Fozilkarimov şu kungaça Moliya vazirligi Soğliqni saqlaş va sport sohalarida budjet siyosati departamenti direktori sifatida işlab kelayotgandi.
Bundan avval Abdulla Azizov soğliqni saqlaş vazirining örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
2019 yil sentabr oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Abdulla Azizov 2020 yil yozida Soğliqni saqlaş vazirligi rahbariyatidagi özgarişlar vaqtida vazir örinbosari lavozimiga tayinlangandi.













