Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 2 mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan oqib ötuvçi Töpalang daryosi qirğoğidan mahalliy aholi tomonidan mis tangalar topilgan.
3 mart kuni Madaniy meros agentligi, Özbekiston davlat san’at muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi vakillari tomonidan mahalliy aholidan 512 dona mis tangalar belgilangan tartibda olinib, Termiz şahridagi Arxeologiya muzeyi fondiga topşirilgan.
Prokuratura organlari tomonidan soha vakillari bilan hamkorlikda ötkazilgan örganiş davomida qöşimça ravişda 620 dona mis tanga va 1 dona şaxmat donasi ixtiyoriy ravişda olinib, muzey fondiga topşirilişi ta’minlangan.
Bundan taşqari, viloyat prokuraturasi, madaniy meros boşqarmasi hamda arxeologiya muzeyi xodimlaridan iborat tarkibda maxsus ekspeditsiya taşkil etilib, hozirda xazina topilgan hududda qazişma işlari olib borilmoqda. 9 mart kuni ekspeditsiya vakillari tomonidan yana 4 dona mis tanga topilgan.
Arxeolog olimlarning dastlabki xulosasiga köra, topilgan aşyolar Mirzo Uluğbek hukmronligi (XV asr) davrida zarb etilgan pul tangalarining şu kunga qadar topilgan eng katta va yaxşi saqlangan madaniy meros xazinasi hisoblanadi.
Qayd etilişiça, hozirda uşbu manzilda qidiruv işlari davom ettirilmoqda va bu Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

















