“Özgidromet” xabariga köra, dam oliş kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi, yakşanba kuni şimolda qorga aylanişi mumkin. Toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik, ba’zi joylarda kuçli böladi. Havo harorati pasayadi va 5 martda keçasi 10-15 daraja iliqni, kunduzi 13-18 daraja iliqni, 6 martda keçasi 5-10 daraja iliqni, kunduzi 12-17 daraja iliqni taşkil etadi.
Iliq havoning jadal kirib kelişi, söngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelişi natijasida respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 18-23 m/s gaça kuçayadi va çang kuzatilişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida şamol tezligi 25-30 m/s gaça kuçayişi mumkin.












