Özbekistonning sobiq soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojiboyev 2021 yil 24 sentyabrda imzolagan 237-sonli buyruq bilan, Toşkent şahridagi 16 ta va Toşkent viloyatidagi 99 ta tibbiyot muassasasi namuna sifatida “Markazlaştirilgan klinik diagnostika laboratoriya yaratiş, jihozlaş va işga tuşiriş” loyihasi doirasida “Intermed Innovation” qöşma korxonasiga biriktiriladi.

Buyruqda, natijalarga qarab loyihaga boşqa tibbiyot muassasalari ham biriktirilişi nazarda tutilgan. Hujjatda, vazirning 2021 yil 24 iyundagi 144-sonli buyruğiga muvofiq, “Intermed Innovation” bilan uç tomonlama şartnoma imzolangani körsatilgan.

Şundan söng, Soğliqni saqlaş vaziri Bexzod Musayevning 2022 yil 7 yanvardagi buyruq bilan mazkur loyihaga jalb etilgan tibbiyot muassasalari soni kengaytiriladi. Unga köra, Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi jami 178ta oilaviy poliklinika hamda köp tarmoqli poliklinikalarga qaraşli laboratoriyalar “Intermed Innovation” qöşma korxonasiga topşirilgan.

Natijada, “Intermed Innovation” Toşkent şahri va Toşkent viloyatida klinika-diagnostik laboratoriya xizmatlarini körsatiş böyiça raqobatçilardan ança ustun (ehtimol monopol) mavqega ega böldi.

Bu nimani anglatadi?

Kun.uz'ga tibbiy-laboratoriya xizmatlarini körsatuvçi bir guruh tadbirkorlar tomonidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraş va sud-huquq masalalari qömitasiga kiritilgan şikoyat xati kelib tuşdi.

Şikoyat xatida tadbirkorlar vazir buyruği amaldagi qonunçilik talablariga zidligi hamda unda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlari çeklanayotgani aytiladi.

Kun.uz bilan suhbatda şikoyat arizasiga qöl qöygan tadbirkorlardan birining tuşuntirişiça, arizaçilar eng köp e’tiroz bildirayotgan jihat quyidagiça: Buyruqda “Intermed Innovation” laboratoriyalarida ötkazilgan tahlil javoblari “diagnostika standartlarida belgilangan muddatlarda haqiqiy deb hisoblanib, boşqa tibbiyot taşkilotlari tomonidan qayta tahlil ötkazilmasligi” belgilangan.

Tadbirkorning fikriça, bu – “Intermed Innovation”ga topşirilayotgan laboratoriyalarda ötkazilgan tahlillargina poliklinikalar tomonidan qabul qilinişini anglatadi.

“Bu inson huquqlarining buzilişi emasmi: istalgan odam özi istagan joyda tahlil topşirişga haqli. Ular bu huquqni qonunan çeklaşmoqda. Endi vraçlar öşa laboratoriyalardan boşqa joyda qilingan tahlillarni qabul qilmaydi. 178 oilaviy va markazlaşgan köp tarmoqli poliklinikalar Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi deyarli barça tibbiyot muassasalari degani. Bir söz bilan aytganda, bizdek xususiy laboratoriyalarga umuman imkon qoldirilmayapti.