Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uruş boşlangan 24 fevraldan 12 martga qadar Ukraina harbiylaridan 1300 nafarga yaqini qurbon bölganini ma’lum qildi.

«Bizdan 1300 nafar atrofidagi harbiy halok böldi, Rossiyadan esa — 12 mingdan ortiq. Önga bir», — degan Zelenskiy.

U şuningdek, rossiyalik harbiylarning 500-600 nafari asirga tuşganini ma’lum qilgan.

Ukraina hukumati har kungi axborotida rossiyalik harbiylarning yöqotişlari haqida xabar bermoqda (sönggi xabarda Rossiya armiyasi 12 mingdan ortiq kişi yöqotgani aytilgan - bu katta ehtimol bilan halok bölganlar va yaralanganlarning jami soni), ammo uruşning ilk kunidan keyin öz yöqotişlari sonini oçiqlamayotgandi. Prezident uruşning birinçi kunida 137 nafar ukrainalik halok bölganini ma’lum qilgandi.

Rossiya uruşning dastlabki kunlarida yöqotişlar yöqligini ta’kidlab keldi, faqat 2 mart kuni ilk marta öz yöqotişlari haqida ma’lumot berib, Ukrainada rossiyalik harbiylarning 498 nafari halok bölib, mingdan ortiq kişi yaralangani, ukrainaliklarning yöqotişlari — 2,8 ming kişi ekanini ma’lum qilgandi.

Ğarb ekspertlari esa rossiyalik harbiylar orasidagi yöqotişlar 6 ming atrofida ekanini ma’lum qilgan.

BMT ma’lumotiga köra, 24 fevraldan buyon Ukrainada tinç aholi vakillaridan 500 nafardan ortiq kişi halok bölgan.