Qayd etilişiça, 18 tonnalik göştning birinçi partiyasi şu hafta Toşkentga yetib keladi. Mart oyida yana 50 ta konteynerda göşt (jami 900 tonna) jönatilişi kutilmoqda.
Pokistonning Shaheen kompaniyasi rahbari Malik Şer Xonning ta’kidlaşiça, Pokiston imtiyozli savdo töğrisidagi şartnomalar tuzilganidan keyin Özbekiston bozoriga diqqat bilan qaray boşlagan.
4 mart kuni ikki davlat örtasida imtiyozli savdo töğrisidagi bitim imzolangan edi. Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Imron Xon tovar ayirboşlaş hajmini 500 million dollarga yetkaziş imkoniyati borligini ta’kidlab, Transafğon temiryölini yanada rivojlantirişga kelişib olgandi.
“Ta’kidlaş joiz, Özbekiston bir neça yillardan buyon transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va mintaqaviy aloqalarni rivojlantiriş çoralarini körmoqda. Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, “Termiz – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar” temiryöli qurilişi Pokistonni Markaziy Osiyo bilan boğlaydigan, Özbekistonni Karaçi, Gvadar va Qosim portlariga olib çiqadigan eng yaqin, arzon va xavfsiz yölak yaratadi. Bu temiryöl mintaqalarimiz qiyofasini butunlay özgartirib yuboradi”, deyiladi ma’lumotda.
2021 yil noyabr oyida Özbekistondan birinçi tranzit yuk Pokistonga yetib borgan edi. Pokiston tomoni buni “hamkorlikning yangi davrining boşlanişi” deb baholadi. Köp ötmay Pokiston Özbekistondan yuk taşuvçilar uçun bojxona tartib-taomillarini soddalaştirdi — yuk maşinalari kiriş tölovi böyiça depozit tölamasdan mamlakatga kirişi mumkin.












