2021 yilda o‘zbekistonliklarning ish haqi darajasi qanday bo‘ldi?
2021 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, aholining 34,5 foizini 1 mln so‘mgacha, 24,1 foizini 2 mln so‘mgacha, 24,7 foizini 4 mln so‘mgacha, 5,7 foizini 5 mln so‘mgacha, 11 foizini 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlar tashkil etgan.

Foto: Kun.uz
Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi bo‘yicha dastlabki natijalarni e’lon qildi.
2021 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, aholining katta qismini (34,5 foiz) 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar tashkil etmoqda – 1 mln 616,8 ming kishi. Taqqoslash uchun, 2020 yilning noyabr oyida bu raqamlar 1 mln 769,6 ming kishiga (40 foiz) teng bo‘lgan.
2 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 3 foizga kamaygan. 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 27,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa (1 mln 199,5 ming kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida bu 24,1 foizgacha (1 mln 130,1 ming kishi) qisqargan.
4 mln so‘mgacha oylik oladigan fuqarolar soni esa 2,4 foizga oshgan. Xususan, 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 22,3 foizni (987,2 ming kishi) tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilning noyabr oyida 24,7 foizga (1 mln 157,4 ming) ko‘paygan.
Bundan tashqari, 5 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni ham ortgan. 2020 yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 3,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa (162,4 ming kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida 5,7 foizga (268,4 ming kishi) yetgan
5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlar soni ham o‘sgan. 2020 yil noyabr oyida 6,9 foiz (304,2 ming kishi), 2021 yil noyabr oyida 11 foiz (513,2 ming kishi).
2020 yilning noyabr va 2021 yilning noyabr oylari oralig‘idagi ish haqi darajasining dinamikasi
Ma’lumot uchun, 2021 yilning noyabr oyi yakunlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lovchilar soni 4 mln 685,9 ming kishini tashkil etdi, ulardan 42,6 foizi – budjet, 57,4 foizi – nobudjet tashkilotlar xodimlaridir.
Avvalroq, O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana to‘rtta loyiha boshlanadi
O‘zbekiston | 09:44
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi

13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi

15:30 / 01.09.2024