Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantiriş, davlat korxonalarini transformatsiya qiliş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantiriş, raqobat muhitini yaxşilaş maqsadida davlat korxonalari transformatsiya qilinmoqda. Yiğilişda bu boradagi işlarni jadallaştiriş va davlat aktivlarini xususiylaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, 25 ta davlat korxonasida operatsion samaradorlikni oşirişda sustkaşlikka yöl qöyilgani körsatib ötildi. Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan, zarar bilan işlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş amaliyotidan butunlay voz keçiş kerakligi aytildi.

Transport sohasidagi işlar holati ham körib çiqildi. Tranzit yölovçilar oqimini oşiriş, charter parvozlarga ruxsat beriş tizimini soddalaştiriş, mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantiriş çoralari belgilandi.

«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi erkin raqobat şaroitida işlaş uçun zamonaviy yondaşuvlarni joriy qilişi, aviaçiptalar narxining oşişiga yöl qöymaslik zarurligi ta’kidlandi.

Şuningdek, yiğilişda iqtisodiyotda joriy yilning birinçi çoragi yakunida kutilayotgan natijalar tahlil qilindi. Yangi korxonalarni foydalanişga topşirib, iş örinlari taşkil etiş, aholi daromadlarini oşiriş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hokimlar va tarmoq rahbarlariga iqtisodiy asoslanmagan loyihalarning ilgari surilişiga yöl qöymaslik böyiça körsatma berildi. Mutasaddi idoralarga ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuçaytiriş, investitsiya loyihalarining bozor iqtisodiyoti talabiga javob berişini örganiş vazifasi qöyildi.

Eksport masalalari muhokama qilinar ekan, taşqi bozordagi bugungi vaziyatdan kelib çiqib, transport va logistika masalalarini hal etiş, eksport geografiyasini kengaytiriş, mahsulotlarni yangi bozorlarga çiqariş böyiça topşiriqlar berildi.