Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 6 mingga yaqinlashdi
15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan, 43 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetmagan shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28 fevraldan 15 martga qadar 26 ta aviareys tashkillashtirilgan. Diplomatik vakolatxonalarning faol sa’y-harakatlari natijasida harbiy harakatlar bo‘layotgan hududdan 5 884 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib chiqilgan. Jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, talabalar va mehnat migrantlari.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan hujjati yo‘q 322 nafar fuqaroga vatanga qaytishi uchun sertifikatlar rasmiylashtirgan.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
01:04 / 21.03.2026
Slavyanskdan bolalarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
10:40 / 07.01.2026