Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, yuzaga kelayotgan surunkali yog‘ingarchiliklar tufayli Sirdaryo tumanidagi xo‘jaliklararo kollektorining Baxt shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida suv sathi me’yoridan oshib ketgan. Oqibatda, qishloq xo‘jaligining shudgor yerlari, mahallalar va aholi yashash xonadonlarini suv bosgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Jumladan, Baxt shahri “Xazina” MFYning Hamiyatli ko‘chasida 21 ta, Tarovatli ko‘chasida 7 ta, Ulug‘ yo‘l ko‘chasida 35 ta, Peshqadam ko‘chasida 12 ta, Yangi qurilish ko‘chasida 27 ta xonadonga suv kirgan. 

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Zudlik bilan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Baxt shahri IIBda tezkor shtab tashkil etilib, tuman hokimligi, FVB, IIB, MG xodimlari va mahalla vakillaridan iborat 3 ta ishchi guruh tuzilgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ishchi guruh tomonidan suv toshgan xonadonlar aholisini xavfsiz hududlarga ko‘chirish haqida ogohlantirish xatlari berilib, “Xazina” MFYdan 20 ta xonadonda yashovchi 68 nafar fuqaro vaqtinchalik yaqin qarindoshlari xonadonlariga ko‘chirilgan. Ko‘chirilgan aholi uchun tibbiy va boshqa ta’minot tadbirlari tashkil etilgan.