Seşanba kuni Davlat dumasi spikeri örinbosari, Rossiyaning PASedagi (Yevropa Kengaşi parlament assambleyasi) delegatsiyasi rahbari Pyotr Tolstoy öz telegram-kanalida Rossiya Yevropa Kengaşidan çiqişga qaror qilgani, YeK boş kotibiga taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning tegişli maktubi taqdim etilganini yozdi.
Köp vaqt ötmay, buni Rossiya taşqi işlar vazirligi ham tasdiqladi.
"Mamlakatimiz bunday şaroitda Yevropa Kengaşida qola olmaydi. Boş kotib M.Peyçinoviç-Buriç Rossiya Federatsiyasining taşkilotdan çiqişi töğrisida xabardor qilindi", - deya vazirlik bayonotidan iqtibos keltirdi Interfaks.
Rossiya taşqi işlar vazirligining ta’kidlaşiça, "mamlakatning uşbu taşkilotdan çiqişi Rossiya fuqarolarining huquq va erkinliklariga ta’sir qilmaydi".
"Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasidagidan kam bölmagan kafolatlar berilgan. Rossiya qonunçiligiga Yevropa Kengaşining asosiy şartnomaviy-huquqiy aktlari moddalari kiritilgan. Inson huquqlari böyiça Yevropa sudining Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga zid bölmagan qarorlarini bajariş davom etmoqda", - deyiladi bayonotda.
Buning rossiyaliklarga ta’siri qanday böladi?
Rossiya Yevropa Kengaşi ustavi, Inson huquqlari böyiça Yevropa konvensiyasi, yana tört konvensiya hamda balki yana ayrim hujjatlarni denonsatsiya qilişi mumkin, dedi Federatsiya kengaşi spikeri örinbosari Konstantin Kosaçyov.
Uning sözlariga köra, hujjatlar röyxati qöşimça ravişda belgilanadi.
Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Rossiya Yevropa Kengaşidan çiqib ketganidan keyin ham ilgari berilgan şikoyatlarni körib çiqiş huquqini saqlab qoladi, bunday şikoyatlar soni 15 mingga yaqin.
Rossiya Yevropa kengaşidan çiqib ketganidan keyin Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi çiqargan qarorlarni bajarişga majbur böladi. Qarorlar bajarilmagan taqdirda Yevropa Kengaşi vazirlar qömitasining tegişli mexanizmi işga tuşadi, deydi huquq himoyaçisi Pavel Çikov.
Ilgari Yevropa Kengaşidan faqat bir davlat – 1969 yilda Gretsiya çiqib ketgan. Mamlakat "qora polkovniklar" hukumati davrida ana şunday yöl tutgan. Biroq mamlakatdagi tuzum özgarganidan söng Gretsiya taşkilotga qaytgan.












