Ukrainada uruş boşlanganidan buyon mamlakatni uç milliondan ortiq kişi tark etgan. Bu haqda 15 mart kuni Migratsiya böyiça xalqaro taşkilot ma’lum qildi.
Ularning 1,4 milliondan ortiği — bolalar.
Ularning köp qismini — 1,6 milliondan ortiğini qöşni davlat Polşa qabul qilgan. Şuningdek, ukrainlar Ruminiya, Slovakiya, Vengriya, Moldova va Germaniyaga ham bormoqda.
BMTning qoçqinlar masalalari böyiça Oliy komissari ma’lumotiga köra esa, Ukrainani tark etganlar soni 2,97 million atrofida, şundan 157 mingdan ortiği boşqa mamlakatlar fuqarolaridir.
RF mudofaa vazirligi harbiy harakatlar boşlanganidan buyon Rossiyaga Donbass hududidan 248,9 ming kişi ötganini ma’lum qilgandi.













