Davlat soliq qömitasiga taşrif buyurgan prezident Şavkat Mirziyoyev tizimdagi islohotlar, yangi loyihalar taqdimoti bilan tanişiş çoğida har qanday islohot tadbirkorlarga qöşimça imkoniyat yaratişi zarurligini ta’kidladi.
«Har qanday islohotlar tadbirkorlarga qöşimça imkoniyat yaratişi zarur. Men endi-endi tadbirkorlarni oyoqqa qöyyapman, ularni sindirişga heç kimga ruxsat bermayman.
Soliq tizimi qiliç bilan emas, aql bilan, döst bölib, ustoz, kömakçi bölib işlasin. Ayniqsa Toşkent şahrida katta imkoniyatlar bor, ularni yuzaga çiqarişimiz lozim. Biz dunyoqaraşlarni özgartirişimiz kerak.
Bir vaqtlar 29-sanada pulni qöyib, 1-sanada pul qaytarib oliş amaliyoti qonunday bölib ketgandi. Samarqandga hokim bölib borganimda qarasam, biror tomondan soliq tuşumi yöq. Darhol nazoratga olib örgandim, hamma narsa naqd pul bilan amalga oşirilarkan. Ana şunday davrlardan ham ötdik. Bugun boşqa davr keldi.
Endi tizimda korrupsiyaga örin yöq. Pora olgandan keyin qamaş oxirgi va ilojsiz çora. Şunday qilinglarki, pora olişning özi bölmasin», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












