Samarqand viloyati hokimining örinbosarlari tarkibida özgariş böldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Viloyat hokimi örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan Oybek Xöjayev boşqa işga ötişi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tegişli qarorga muvofiq viloyat hokimining örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimiga Oybek Mirzabekov tayinlandi.
Oybek Mirzabekov 1980 yilda Samarqand viloyati, Bulunğur tumanida tuğilgan. U uşbu tayinlovga qadar “Özsanoateksport” AJ boşqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uçun, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimovning hozirgi vaqtda 9 nafar örinbosari bor.
Ular:
- Jamşid Öroqov – viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliği;
- Akmal Şukurov – viloyat hokimining kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari;
- Oybek Xöjayev (bundan buyon Oybek Mirzabekov) – viloyat hokimining örinbosari - viloyat investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği;
- Feruz Obilov – viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari;
- Rustam Qobilov – viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari – Turizm va sport boş boşqarmasi boşliği;
- Xurşid Oçilov – viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari;
- Dilşod Mamatqulov – viloyat hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan işlaş böyiça örinbosari;
- Zebiniso Rahmonova – viloyat hokimining örinbosari – oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği;
- Jamşid Haydarov – viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari.













