Rossiyada smartfonlar sotuvi bo‘yicha yetakchi brend bo‘lgan Tecno kompaniyasi o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun ikkita yangi smartfonlar seriyasini taqdim etdi. Bulardan birinchisi geymerlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan Tecno Pova 6 bo‘lsa, ikkinchisi dizayn va kameraga e’tibor qaratadigan smartfon ishqibozlari uchun mo‘ljallangan Camon 30 hisoblanadi. Mazkur smartfonlar dastlab Rossiyada sotuvga chiqarilgan edi. U yerda aholi tomonidan iliq kutib olinganidan so‘ng, O‘zbekistonda ham Tecno smartfonlari rasmiy sotuvi boshlandi.
2021 yilda o‘zining birinchi 5G smartfonini taqdim etgan Tecno kompaniyasi shu yili O‘zbekiston bozoriga kirib kela boshladi. Tecno dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida rasmiy faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, O‘zbekiston aholisiga alohida e’tibor qaratadi. Buni yangi taqdim etilgan smartfonlarning hamyonbop narxida ham ko‘rish mumkin.

Tecno Camon 30
Kompaniya 2024 yilda mobil fotografiya sohasida yanada yuqoriroq ko‘rsatkichlarni zabt etish uchun Tecno Camon 30 smartfonini taqdim etdi. Ushbu smartfon nafaqat flagmanlarga xos kuchli kamerasi, balki tabiatdan ilhomlanib yaratilgan nafis dizayni bilan o‘z segmentidagi boshqa telefonlardan ajralib turadi. Masalan, optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy kamera bilan kechki vaqtlarda ham yorqin suratlar tushirish mumkin. Smartfon asosiy kamerasi optik stabilizatsiyaga ega bo‘lgani sababli video yoki suratlarda yaqinlashtirganda ham sifat buzilmasdan saqlanib qoladi. Shuningdek, ushbu model “Eye Tracking” xususiyati bilan boyitilgan 50MP old kamera bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga hatto kam yorug‘lik sharoitida ham tiniq va yorqin tasvirlarni suratga olish imkonini beradi.
Professional kameralarga xos funksiyalardan tashqari, Tecno Camon 30 6,78 dyuymli ko‘zni himoyalovchi 120 Gs AMOLED displeyga ega bo‘lib, mazkur displey uzoq vaqt foydalanish paytida ko‘zning zo‘riqishini kamaytiradi. Smartfonda, shuningdek, foydalanuvchilarga tezda quvvatlash va ko‘proq aloqada qolish imkonini beruvchi 70W tezkor quvvatlash funksiyasi ham mavjud.
Tecno Camon 30 smartfonining tabiatdan ilhomlangan nafis dizayni estetika nuqtai nazaridan takrorlanmas smartfonga aylantiradi. Shu tufayli Tecno Camon 30 o‘zining ilg‘or xususiyatlari va innovatsion dizayn elementlarining noyob kombinatsiyasi bilan ajralib turadi.
Smartfonning to‘liq xarakteristikasi esa quyidagicha:
Displey: 120 Gs yangilash chastotasi va 1080×2436 pl aniqlikdagi 6,78 dyuymli AMOLED ekran;









