Xaridorlarsiz qolayotgan bu dehqon bozori haqida Kun.uz’da uç yilça avval ham mahalliy savdogarlarning murojaatlari e’lon qilingan edi.

2017 yilda Uzun şaharçasini kesib ötgan markaziy yöl ustidagi, Obizarang Daryosi sohilida joylaşgan aholi uçun qulay joydagi, xalq tilida «Çuqur bozor» deb ataluvçi dehqon bozori buziladi.

Bunga sabab qilib, bozor hududi kiçkinaligi, yöllarda avtomaşina köpayib, tirbandlik hosil bölayotgani, şuningdek, bozor Obizarang daryosining muhofaza zonasida joylaşgani körsatilgan. Bahorning bugungidek seryoğin kunlarida eski bozorni sel bosişi ham tez-tez kuzatiladigan hodisa edi.

Xullas, juda barakali eski bozor örni boşqa tadbirkorga berilgan. Tadbirkor esa Obizarang daryosining muhofaza zonasiga rioya qilgan holda u joyda hozir savdo markazi va ovqatlaniş korxonasi qurgan bölsa-da, avvalgi gavjumlikdan asar qolmagan. Bozor röparasidagi bahaybat qadimiy çinorlar bilan töla otalar çoyxonasi ham buzib yuborilgan. Endi bu joy yoymaçilarga rasta, taksiçilarga «stoyanka» bölib xizmat qilmoqda.

 

Savdogarlar esa öşa barakali bozor atrofiga soçilib, turli dökonlarning oldidagi yöllarda, trotuarlarda savdo qilişmoqda. Buni göyo çumolining uyasini buzişga öxşatiş mumkin. Bozor buzilib, baraka ham qoçgandek.

Eski bozor evaziga yangisi undan qariyb 1 km narida — Uzun şaharçasining çetroğida qurildi. Keng maydonda oziq-ovqat rastalari va kiyim-keçak dökonlari barpo etildi. Eski bozorga qöşni Sariosiyo tumanidan ham xaridorlar kelib turgan bölsa, yangisiga uzunliklarning özlari ham borişni istaşmadi. Dökonlar huvillab yotibdi, rastalar esa savdogar va xaridorlarga ilhaq.